“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev vafot etdi

11 iyul, 22:46 3 849 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev vafot etdi Fidoyi va jonkuyar ustoz, O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev 63 yoshida vafot etdi.
M.Tojiboyev Farg‘onaning Quva tumanida, dehqon oilasida dunyoga kelgan. Maqom ijrochiligi bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan.

Mahmudjon Tojiboyev o‘tgan asrning 80-yillaridan qo‘liga tanbur olib, ustoz Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyevlar izidan borib, xalq e’tiboriga tusha boshladi. U paytlarda yoshlar orasida tanbur chalib, ashula aytish yangilik bo‘lgan.

Konservatoriyani muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekiston radiosi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambliga ishga kiradi. Shu kezlarda Shashmaqomni «stereo» usulida qayta yozish ishlari boshlangan edi. Mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, ko‘plab maqom sho‘’balarini o‘zi ijro qildi. Ular hozirgacha xalqimiz ko‘nglidan joy egallab, radio va televideniyemiz fonotekasining eng nodir namunalaridan bo‘lib kelmoqda.

Repertuaridan Shashmaqom («Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Mo‘g‘ulchai Segoh», «Navro‘zi Sabo», «Nimcho‘poniy» va b.) va Farg‘ona—Toshkent maqom yo‘llari («Dugoh», «Chorgoh», «Ushshoq», «Shahnozi Gulyor», «Bayot» va b.), katta ashula («Yovvoyi Chorgoh», «Yolg‘iz», «Ey dilbari jononim» kabi), mumtoz («Topmadim», «Asiriy» va «Ldoiy», «Chorzarb», «Bozurgoniy») va XX asr bastakorlari («Keldik», «Nazzora qil», K. Jabborov; «Kezarman», F.Toshmatov; «Jonim erursan», M. Murtazoyev; «Dilrabolar», O. Nuriddinov; «Bu oqshom», O. Hotamov va b.) asarlari o‘rin olgan.

«Zamin.uz» ijodiy jamoasi marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar