“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:21
ЎЗO‘Z

Bloger: «Hamma test topshiraman deb kasal yuqtirib yuribdi...»

11 iyul, 19:30 2 974 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bloger: «Hamma test topshiraman deb kasal yuqtirib yuribdi...» Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Taniqli bloger Shahnoza Soatova shu kecha kunduzdagi pandemiya bilan bog‘liq ahvol haqida boshidan o‘tkazgan voqelikka uyqash holda ochiqladi:

«...Yarim kun SES eshigida sarg‘ayib, test topshirolmay qaytdim. Zarilmi shu test menga, bo‘ldi, o‘zim uchun qaror qildim: menda katta ehtimol bilan Covid-19!

Kontakt bo‘lgan, haroratim 4-kun 37-37,5 atrofida ushlanib turibdi. Qizim, onam, ukam, kelinim — hammamiz isitmaladik, onam ta’m bilmayaptilar, yo‘talyaptilar. Kelinimda qattiq quruq yo‘tal va 39 darajagacha isitma kuzatildi, menda esa faqat tana qaqshab og‘rishi va isitma. Tez yordam va poliklinika menda kovid bo‘lishi mumkin deb, faqat masofadan maslahat beryapti, lekin test yo‘qligi uchun rasman kovid deb tan ham olmayapti. Xullas, betartiblik va tizimsizlik. O‘zing uchun o‘l yetim.

Koviddan davolanaveraman endi. Albatta, mustaqil davolanaman, chunki testsiz birov meni koviddan davolamaydi, test topshirolmayman, demak yopiq doira.

«Hurmatli» Sog‘liqni saqlash vazirligi! Shuncha payt faloncha kasal tuzaldi deb hisobot berib, shundoq ham tuzalib ketayotgan odamlar bilan statistikangizni boyitdingiz. Yana ularni tantana bilan uyiga kuzatib, ajoyib shoular qildingiz. O‘sha paytda resurslaringizni to‘g‘ri taqsimlab, hozir o‘zingiz qo‘llayotgan usulni qilsangiz, ya’ni yoppasiga emas, faqat o‘ta zarur hollarda kasalxonaga kovid bilan zararlanganlarni yotqizsangiz bo‘lmasmidi? Vrachlarni zo‘riqtirmay, boshqa resurslarni ham oqilona taqsimlash bo‘lmasmidi shu?! Kecha hammaga, bugun esa hech kimga bo‘lyapti endi.

Bo‘ldi, testlashni ham to‘xtating, baribir bu testlaringiz na real ahvolni ko‘rsatyapti, na kerakli odamlarni qamrab olyapti. Resurs uvol bo‘lyapti va tibbiyot xodimlar riskda qolyapti, xolos.

Undan ko‘ra hozir, aynan shu kunlarda o‘zida koronavirus belgilarini sezganlar qayerga borishi, nima qilishi, o‘zini o‘zi qanday davolashi haqida yo‘riqnoma chiqarib tarqating. Hozir eng keraklisi shu. Chunki aholi u yoqda tursin, tibbiyot hodimlari ham bilmayapti nima qilishni. Internetda aylanib yurgan turli retseptlarni tartibsiz qo‘llashyapti!»

«...Masalan, uch kun avval isitmam chiqqanida poliklinikaga telefon qildim, u tez yordamga qil, dedi. Koll-sentr ham tez yordamga yo‘naltirdi, te zyordam poliklinikaga, poliklinika yana tez yordamga... Oxiri telefonim ovoz yozyapti, shikoyat qilaman deganimdan so‘ng uchastka vrachi telefonda dorilarni aytib turdi. Mana ahvol!

Hamma test topshiraman deb kasal yuqtirib yuribdi bir-biriga va vaqtni ham boy beryapti. Odamlarga hozir, bugun nima qilsa, qayerga murojaat qilsa to‘g‘ri va xavfsiz bo‘lishini aytish kerak. Aytish uchun o‘zinglar bilasizlarmi bu savollarning javobini?» deya katta savol qo‘yadi taniqli bloger.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar