“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Arkanzas shtati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

11 iyul, 16:11 1 501 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Arkanzas shtati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Arkanzas shtati tijorat vaziri, shuningdek, mintaqaning iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha komissiyasi rahbari Maykl Preston bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, uchrashuvdan asosiy maqsad Arkanzas hukumati, yetakchi davlat kompaniyalari bilan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, amerikalik tadbirkorlarni O‘zbekiston bozoriga jalb etish va mintaqaning oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganishdir.

Elchixona xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari, unda davlatning rolini kamaytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.

“O‘zbekiston va Arkanzas o‘rtasida qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, Walmart va Dillard's kompaniyalari tarmog‘ida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini sotish orqali mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, kar va eshitish qobiliyati zaif bolalarni o‘qitish bo‘yicha Arkanzas tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Shtat bu yo‘nalishda yetakchilardan biri bo‘lib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun dastlabki maktab 1850 yilda ochilgan.

Arkanzas ma’muriyati vakili shtat bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini bildirdi va ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini sifatli tarkib bilan to‘ldirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Walmart va «Dillard's kompaniyalari bilan quritilgan mevalar va to‘qimachilik mahsulotlarini AQSHga eksport qilishni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mahalliy universitetlar va Arkanzas shtati universiteti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Arkanzas karlar maktabi vakillari bilan mahalliy mutaxassislar uchrashuvini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar