“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:08
ЎЗO‘Z

Vazir farzandini majburan rus maktablariga o‘qishga beradigan ota-onalarga murojaat qildi

11 iyul, 13:26 2 988 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazir farzandini majburan rus maktablariga o‘qishga beradigan ota-onalarga murojaat qildi 9 iyul kuni pandemiya sharoitida OTMlarga qabul jarayonlarini tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan maxsus brifing o‘tkazildi.
Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov oilasida ruscha gaplashilmaydigan va hatto o‘zi ham rus tilini bilmaydigan ota-onalarning farzandini rus maktablariga majburan o‘qishga berayotgani holatiga munosabat bildirib o‘tdi.

Vazirning ta’kidlashicha, pandemiya paytidagi onlayn ta’lim sohadagi ko‘plab kamchiliklarni ko‘rsatib bermoqda. Ulardan biri oilasida ruscha gaplashilmaydigan va hatto rus tilini bilmaydigan ota-onalarning o‘z farzandini rus maktablariga berishi hisoblanadi.

«Tasavvur qiling, ota-ona oilada bu tilda gaplashmaydi, lekin farzandini rus tilli maktabga majburlab berib qo‘ygan. Bunda yosh bola maktabdagi dastlabki kunlaridanoq o‘ziga juda katta qiyinchilik va streslarni oladi.

Ruscha maktab ham mayli, o‘qituvchisi yordam berar, lekin ta’lim onlayn shaklga o‘tganda va bola uyda o‘tirib qolganda undagi bu qiyinchiliklar ikki barobar ortyapti. Shuning uchun ota-onalardan iltimos qilaman, farzandingizni uyda o‘zingiz erkin gaplashadigan tildagi maktabga bering. O‘zbek tilida gaplashasizmi, o‘zbek tilli maktabga bering.

To‘g‘ri, ota-onalarda fikr bo‘ladi, bolam rus tilini ham bilib olishi kerak, degan. Biz bu bo‘yicha Rossiyaning Maorif vazirligi bilan gaplashganmiz, ya’ni o‘zbek maktablarida rus tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuvimiz bor. Unga ko‘ra, endilikda bola o‘zbek maktabda o‘qisa ham bitirayotganda rus tilini o‘rganib chiqadi
», – dedi Shermatov.

Sherzod Shermatov mavzu yuzasidan fikrini davom ettirar ekan, o‘zi ham eski shahardagi maktabda o‘qigani, lekin rus tilini bilish darajasi juda yomon emasligini qo‘shimcha qildi.

«Bizning maqsadimiz ham bolalarimiz maktabni bitirayotganda o‘zbek, ingliz va rus tillarini bilib chiqsin.
Bugun Toshkentdagi maktablarni aylanib qaraydigan bo‘lsak, ular ancha yangilandi, sharoitlari yaxshilanmoqda. Masalan, Uchtepadagi 129 yoki Olmazordagi 22-maktabga boring. Hammasini sharoiti bor. O‘qituvchilarga ham vazifa qo‘yganmizki, ta’lim sifatini ko‘tarish.
Ota-onalarimizdan yana bir bor iltimos qilaman, bolani qiynamaylik
», – dedi Sherzod Shermatov.

Vazir holat yuzasidan rus maktablaridagi o‘qituvchilardan ham shunday mazmundagi shikoyatlarni ko‘p bor eshitishini ta’kidladi.
«Ular iltimos, bizni ota-onalardan himoya qiling, deydi. Ya’ni ko‘pchilik ota-onalar bolasini rus maktabda o‘qitish uchun kimlargadir telefon qilishadi. O‘sha o‘qituvchilarning aytishicha, bu bolada katta zo‘riqishni paydo qiladi.

O‘qituvchilar shu kabi qiyinchilik ichiga tushgan bolalarga mavzularni tushuntiraman deb darsning katta qismini sarflab yuborishadi. Mutaxassislarning aytishicha, yosh bola e’tiborini bir tilni o‘rganishga qaratishi, majburlanishi natijasida boshqa fanlarni o‘zlashtirolmay qoladi, qiynaladi.

Bu birinchidan. Ikkinchidan esa, beshinchi sinfdan o‘tiladigan fanlar soni ham ko‘payadi. Bizda barcha fanlarni rus tilida o‘tadigan o‘qituvchilar yetishmaydi. Shunday ekan o‘quvchi ikkinchi marta ham qiyinchilikka uchraydi
», – degan Xalq ta’limi vaziri.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar