“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:22
ЎЗO‘Z

Ayolingizning bahosini bilasizmi?

11 iyul, 13:03 3 445 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayolingizning bahosini bilasizmi? Nima uchun erkak o‘z umr yo‘ldoshini boshqa ayollarga qaraganda kamroq jozibali deb biladi?
Bir kuni bir kishi o‘zining chuqur ilmi va taqvosi bilan tanilgan olimning huzuriga bordi va quyidagi so‘zlar bilan shikoyatini aytdi:

“Xotinimga uylanmasdan oldin sevib qolganimda u mening ko‘zlarimda bu dunyoda Alloh yaratgan biron narsaga o‘xshamaydigan go‘zal bir mavjudot edi. Men unga uylanganimdan so‘ng ko‘plab ayollarning husnda unga teng ekanligini ko‘rdim. Yana bir qancha vaqtdan keyin ko‘pchilik ayollar xotinimdan chiroyliroq ekan, degan fikrga keldim.

Bizning nikohimizdan yillar o‘tib, menga dunyodagi barcha ayollar undan ko‘ra yoqimli va nafisroq bo‘lib tuyuldi!"

Donishmand undan so‘radi:
– Bularning barchasidan ham halokatli va achchiqroq nima ekanligini aytaymi?
– Ha.
– Agar senga bu dunyoning barcha ayollariga uylanish imkoniyati berilsa ham ko‘chada yugurib yurgan itlar barcha ayollarga qaraganda jozibaliroq ko‘rinardi.
Erkak so‘radi: "Nega bunday deysiz?"

Donishmand: "Chunki muammo sening xotiningizda emas. Muammo shundaki, agar odam ochko‘z yurak va shahvatga to‘la ko‘zlarga ega bo‘lsa, taqvosi bo‘lmasa, uning ko‘zini qabridagi tuproqdan boshqa hech narsa to‘ydira olmaydi.

Ey erkak! Sening muammoing — Alloh taqiqlagan narsadan ko‘zingizni yummasliging. Rafiqangni eng avvalgi yuqori (yer yuzidagi eng go‘zal ayollik) martabasini qaytarishini istaysanmi?

– Albatta, – dedi erkak.
Olim dedi: “Ko‘zingni shahvatdan tiy, chunki Alloh taolo:

«Sen mo‘minlarga ayt, ko‘zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir», degan. (Nur, 30).

Senda yo‘q narsalar har doim borlaridan ko‘ra yoqimli va yaxshiroq ko‘rinadi. Ammo o‘sha narsani qo‘lga kiritishing bilan u sen uchun odatiy holga aylanadi. O‘zingda bor narsa bilan qanoatlan! Xudbin bo‘lma, qabr ichiga cho‘mguningcha bu dunyo hoyu havasiga o‘zingni otma! Bularning barchasidan go‘zal va ajoyib narsa bor — bu Allohga ibodat va savobli ishlardir. Buni Allohning yo‘lida yurganlardan boshqalar bilmaydi. Va nihoyat, Allohga yuzlanib ayoling haqiga, uni sening ko‘zingga chiroyli ko‘rsatib qo‘yishini so‘rab duo qilishni ham unutma!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar