“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:04
ЎЗO‘Z

Ona qizining nomini bylg‘adi

11 iyul, 11:26 5 849 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ona qizining nomini bylg‘adi Shakarboy (ismlar o‘zgartirilgan) yashaydigan hudud aholisi uzumchilik bilan, aniqrog‘i mayiz tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Asosiy daromadi shundan. Uylarning tomi ham uzum quritishga moslashgan.

Avgust oyida Shakarboy ukasi Esonboy bilan o‘zlarining bog‘idan uzgan uzumlarini quritish maqsadida Shakarboyning uyi tomiga ilib chiqishdi. Oktabr oyida qurigan ma­yizlarni yig‘ishtirib olib, darvozaxonaga to‘kib qo‘yishdi. Endi mayizlarni asta-sekin qayta ishlash, tozalash, sotishga tayyorlash jarayoni boshlanadi.

Bir-ikki kundan keyin Esonboyning o‘g‘li Zokir mayizlarni kimdir o‘g‘irlayotganini sezib qolib, otasiga aytdi.

– Qoplarga solib, omborga kiritib qo‘y, – dedi Esonboy. Zokir mayizlarni 40 kilodan o‘lchab, qoplarga joyladi, jami 52 qop bo‘ldi. Zokir mayizlarni tozalab berish uchun qishloqdoshlariga tarqatdi. 7 ta qopni tozalatish uchun odam topolmay omborda qoldirdi.

Ertasi kuni Esonboy kelib, omborni ko‘zdan kechirdi. O‘g‘lining hisob-kitob daftariga qarab yana bir qop mayiz yo‘qligini ko‘rdi. Shundan so‘ng ular shu kuni Shakarboyning darvozaxona va omboriga kuzatuv kamerasi qo‘ydirishdi.

Halima Shakarboyning yon qo‘shnisi. Ayol qo‘shnisining darvozaxonasida turgan mayizdan xabardor edi. O‘sha kuni yarim kechasi uyg‘onib, qo‘shnisinikiga o‘tdi. Qishloq joylarda hovlilar to‘liq o‘ralmagan, darvozaxonalar ham ochiq holda bo‘ladi. Ayol mayiz borligiga ishonch hosil qildi. Omborning eshigini ham ochib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Eshik qulf ekan.

Uyiga qaytib qizi Hanifani uyg‘otdi.

– Tur, qizim, yur, Shakarboynikidan mayiz olamiz. Men ko‘rib keldim, hammasi qotib uxlab yotibdi. Sen ham kamchiliklaringni to‘g‘rilab olasan, – dedi qizini egri yo‘lga boshlagan ona.

Turmushi o‘xshamagan Hanifa ancha paytdan buyon bir bolasi bilan ota uyida edi. Garchi onasining qilmishi to‘g‘ri bo‘lmasa-da unga qarshilik qilmadi.

Ota-ona nafaqat o‘z hurmatini saqlashga, balki farzandlarining sha’niga dog‘ tushirmaslikka, ularning fe’lidagi nuqsonini yashirishga urinadi. Lekin Halimaning harakatlarini ko‘rgan odam besh qo‘l barobar emasligiga yana bir marta amin bo‘ladi.

Hanifa onasiga ergashib, qo‘shnining uyiga bordi. Ular o‘zlari bilan olib kelgan fartuklarni mayizga to‘ldirib qaytishdi. Keyin hech nima bo‘lmaganday uyiga kirib uxlashdi.

Bir necha kundan beri mayizdan kimdir olayotganini sezib, ammo kimligini bilmay yurgan aka-ukalarga bu gal video­kameradagi yozuvlarni ko‘rib, o‘g‘rilarni tanib olish qiyin bo‘lmadi. Ertasi kuni ular holat yuzasidan tegishli joyga arz qilib, videoyozuvni ko‘rsatishdi.

Shu kuni IIB xodimlari Halima va qizini qidirib kelishdi va uylaridan narxi 750 ming so‘m bo‘lgan 50 kg. mayizni hujjatlashtirib olishdi.

Sud sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qidi. Halimaning qaramog‘ida 4 nafar, Hanifaning 6 oylik farzandi borligini, avval sudlanmagani hamda yetkazilgan zararni qoplaganini inobatga olib, jarima jazosi tayinladi.

Nafsi yo‘lida egrilikdan qaytmaydigan, hatto o‘z bolasini ham bu qing‘irliklarga sherik qiladigan onalarni hech bir bahona bilan oqlab bo‘lmaydi. Halimaning boshida eri, qolaversa og‘ir kunda tashlab qo‘ymaydigan otasi, qarindoshlari bor. Demak, u nochor, och qoladigan ahvolda emasdi. Ayoldagi nafs, qanoatsizlik o‘zi va qizini yomonotliq qildi.

Manba: Huquq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 242
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 109
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar