“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:13
ЎЗO‘Z

Koronavirus: Aholi orasidagi yangi holatlar bo‘yicha rekord yangilandi

11 iyul, 07:38 2 540 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: Aholi orasidagi yangi holatlar bo‘yicha rekord yangilandi 10 iyul kuni O‘zbekistonda 463ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 12027 holat), 243 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 7530 bemorga javob berilgan, 54 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 4443 nafar bemor davolanmoqda.
Kecha 9 hududda - Qoraqalpog‘ison Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

Kechagi 463 holat - O‘zbekistonda pandemiya davrida kunlik o‘sish bo‘yicha ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich - 9 iyul kuni 472 kishida koronavirus aniqlanib, mutlaq rekord qayd etilgandi. Kechagi holatlardan 268tasi karantin muassasalarida, 195tasi aholi orasida qayd etilgan. Aholi orasidagi yangi holatlar bo‘yicha rekord yangilandi - bungacha bu borada eng yuqori ko‘rsatkich ham 9 iyul kuni qayd etilgandi - 190 holat.

Aholi orasida (+195)
Kecha 7 hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlangan. Aholi orasidagi yangi holatlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahrida qayd etildi - 155 holat. Poytaxtda iyun oyi boshidan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida koronavirus aniqlanib kelinmoqda.

Jizzax viloyatida aholi orasida 11 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Viloyatda shu vaqtgacha qayd etilgan holatlar soni 72taga yetdi, shundan 3 kishi vafot etgan, 31 kishi tuzalib chiqqan.

Surxondaryo viloyatida esa aholi orasida 10 kishidan virus chiqqan. Viloyatdagi jami holatlar soni 181ta, 4 kishi vafot etgan, 126 bemor tuzalib chiqqan. Kecha shuningdek, Xorazm viloyatida aholi orasida 5, Namangan viloyatida 6, Qoraqalpog‘istonda 7, Farg‘ona viloyatida 1 holat qayd etilgan.

Karantin (+268)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 209 holat aniqlandi.
Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida 18 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.

Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli karantinga olingan 17 kishi virus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, Samarqandda karantindagilardan 15 kishida, Qoraqalpog‘istonda karantinga joylashtirilganlarning 9 nafarida virus chiqqan.

Tuzalganlar (+203)
Kecha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 243 nafar fuqaro sog‘aydi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 7530 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘lim (+3)
Kecha Toshkent shahrida, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani qayd etildi va jami o‘limlar soni 54taga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4443 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar