“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:13
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi uyda davolanayotgan bemorlar uchun Sall-markazlar tashkil etildi

10 iyul, 23:45 2 374 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi uyda davolanayotgan bemorlar uchun Sall-markazlar tashkil etildi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusni alomatsiz shakli bilan uy sharoitida qanday davolanish bo‘yicha savollar bilan murojaat qilish uchun Sall-markaz faoliyat ko‘rsatayotgani haqida xabar berdi.

«Ma’lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 iyundagi 31-son bayoniga asosan 2020 yilning 5 iyul sanasidan boshlab COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarni uy sharoitida davolash joriy etildi.

COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarni uy sharoitida davolashni tizimli va sifatli tashkil qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarni uy sharoitida davolash va epidemiologik surishtirish o‘tkazish tartibi, bemorlarni 10 kunlik tibbiy kuzatuv monitoring hisoboti va bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shu bilan birga, bemorlarni uy sharoitida davolashga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir hududga mas’ul xodimlar biriktirildi.

Yurtimizning barcha hududlarida fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratish, COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollarga aniq va ishonchli javob berish maqsadida doimiy ravishda faoliyat yurituvchi, malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan Sall-markazlar va maxsus shtablar tashkil etildi.

Barcha COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Sall-markaziga hamda yashash joyingizdagi oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti yoki qishloq oilaviy poliklinikasiga telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarga uy sharoitida davolanish davrida kasallikni oila a’zolari va boshqa fuqarolarga yuqtirmaslik uchun uydan chiqmasliklarini, aksirgan, yo‘talganda burun va og‘izni yopish, qo‘lni doimo sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararsizlantirish, tibbiy niqob taqish va uni belgilangan tartibda almashtirish, xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatish, uydagilar bilan muloqotni cheklash, ovqatlanganda alohida idish-tovoqlardan foydalanishni hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishni tavsiya etadi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar