“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:02
ЎЗO‘Z

IIBB va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida tarqalayotgan noxush hid sababini aniqlashdi

10 iyul, 17:30 4 735 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIBB va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida tarqalayotgan noxush hid sababini aniqlashdi Toshkent shahrining ayrim hududlarida noxush hidlar tarqalayotni holati yuzasidan Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlaridan iborat hamkorlikdagi Ishchi guruh tashkil etildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanalida ma’lum qilindi.

Ishchi guruh kelib tushgan murojaatlar asosida 7—8 iyul kunlari Toshkentning bir qator hududlarida soat 22:00 dan 03:00 ga qadar reyd tadbirlarini o‘tkazgan. Tadbir davomida poytaxtning ayrim hududlarida yoqimsiz hidning tarqalishiga nima sabab bo‘layotgani aniqlangan.

Xususan, Chilonzor tumani «Oqtulpor» mahallasida faoliyat yuritayotgan gilam to‘qish sexida tungi vaqtda bo‘yash ishlari amalga oshirilishi, tumanning «Eshonguzar» mahallasidan o‘tuvchi kanalizatsiya quvuri yorilganligi hamda tumanning 11-dahasidagi 40-uyning oldida kanalizatsiya quvurining ochiq qolgani yoqimsiz hidlarning tarqalishiga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Bektemir tumani suvni qayta ishlash korxonasining tunggi vaqtda ish faoliyati olib borayotgani va tuman hududidagi kichik korxonada tomat pastasi ishlab chiqarilishi jarayonida atrofga noxush hid taralayotgani kuzatilgan.

Holatlar yuzasidan Ishchi guruh tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, muammolarning bir qismi joyida hal etilgan. Shu bilan birga, yuqoridagi holatlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga tegishli taqdimnomalar kiritilib, qisqa muddatlarda muammolarni hal etish so‘ralgan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 29
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar