“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:57
ЎЗO‘Z

Shaxsiy avtotransportda boshqa yo‘lovchilar bo‘lmasa, tibbiy niqobsiz harakatlanish mumkin

10 iyul, 18:30 2 853 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxsiy avtotransportda boshqa yo‘lovchilar bo‘lmasa, tibbiy niqobsiz harakatlanish mumkin Agar fuqaro o‘z shaxsiy avtomobilida bir o‘zi boshqa yo‘lovchilarsiz harakatlanayotgan bo‘lsa, mantiqan, u tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin. Lekin yo‘nalishsiz taksi haydovchilari uchun tibbiy niqob taqish majburiy.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda kuchaytirilgan karantin cheklovlari vaqtida tibbiy niqob taqish bo‘yicha savollarga aniqlik kiritdi.

«Tibbiy niqob karantin talablarining eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Niqobni kasal bo‘lgan bemor boshqalarga yuqtirmaslik uchun, sog‘ bo‘lganlar esa kasalliklardan himoyalanish uchun taqishi zarur.

Shuning uchun agar fuqaro o‘z shaxsiy avtomobilida bir o‘zi boshqa yo‘lovchilarsiz harakatlanayotgan bo‘lsa, mantiqan, u tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin
», dedi Habibullo Oqilov.

Uning qayd etishicha, yo‘nalishsiz taksi haydovchilari uchun tibbiy niqob taqish majburiy. Ularning avtomobil eshiklari va rul tutqichlarini tez-tez dezinfeksiya qilib turishi esa foydali bo‘ladi.

Bundan tashqari, Habibullo Oqilov homilador ayollar uchun koronavirusning salbiy jihatlari to‘g‘risidagi savolga ham izoh berdi.

«Koronavirusning homilador ayollar uchun zarari qay darajada ekani haqida aniq dalillangan ma’lumot yo‘q. Lekin infeksiyalar turidan qat’i nazar, ularning sog‘ligi uchun foydali emasligi barcha shifokorlar tomonidan aytilgan», dedi shtab a’zosi.

Shuningdek, koronavirus simptomlari yengil o‘tayotgan va uyida davolanayotgan bemorlarga tavsiyalar ham berib o‘tildi.

«Avvalo, uyida kuzatuvda bo‘lgan bemorlar o‘zini yaqinlaridan izolyatsiya qilishi lozim. Jismoniy faollik va gigiyena qoidalariga doimiy amal qilishi, bir martalik yoki boshqalardan alohida idish-tovoqlardan foydalanishi kerak.

Ularga qonni suyultiruvchi va immunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini profilaktik tarzda iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Uyda kuzatuvda qolayotgan bemorlar o‘zlarida hid-ta’m bilish qobiliyatining susayishi yoki tana haroratining ko‘tarilishi kabi holatlarni sezsa, darhol oilaviy shifokoriga murojaat qilishlari kerak
», dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBB iyun oyi boshida yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
9 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov niqob taqib yurish foydadan xoli bo‘lmasligi, Respublika maxsus komissiyasi qarorlarida «salonning ichidagi haydovchi niqob taqib yurmasa ham bo‘ladi», degan fikr yo‘qligini aytgandi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar