“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:03
ЎЗO‘Z

Amerika harbiylari Xonobodda zaharli moddalar ta’siriga tushirilgan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda

10 iyul, 16:26 3 677 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerika harbiylari Xonobodda zaharli moddalar ta’siriga tushirilgan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda Xonobod harbiy aviabazasi / Foto: flickr.com, US Air Force
AQSH Kongressi quyi palatasining Nazorat va davlat islohoti bo‘yicha kichik qo‘mitasi raisi Stiven Linch (Massachusets shtatidan, demokrat) va kongressmen Mark Grin (Tennessi shtatidan, respublikachi) Pentagonning oshkor qilingan hujjatlarini e’lon qildi.

Unda qayd etilishicha, Amerika harbiylari 2001-2005 yillarda O‘zbekistonning Qarshi shahridagi Xonobod harbiy aviabazasida xizmat qilgan vaqtlarida zaharli moddalar ta’siriga tushirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy saytiga joylashtirilgan axborotnomada so‘z boradi, deb yozmoqda TASS.

Hujjatga muvofiq, AQSH mudofaa vazirligi 2001, 2002 va 2004 yillarda O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘taganlarning salomatligi uchun xatarli bo‘lgan ekologik xavf o‘rganilgan tadqiqot natijasini taqdim etgan. Natijada Linch va Grin Qarshi yaqinidagi harbiy aviabazada xizmat qilgan harbiylarni zaruriy davolanish bilan ta’minlash uchun barcha hujjatlarni ochiqlashni talab qilishdi.

Unda ta’kidlanishicha, 2001 yilda aeroport tuprog‘i tarkibida aviatsiya yonilg‘isi ko‘p miqdorda bo‘lgan, uning bug‘lanishi esa, “inson nafas olganida uning salomatligi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin” bo‘lgan. Bundan tashqari, amerikalik harbiylar, O‘zbekistondagi bazada bo‘lishlari davomida radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishlari mumkin.

AQSH Harbiy havo kuchlari vakili, ayni qo‘mita savollariga shu yilning fevral oyida javob berar ekan, harbiy xizmatchilar bunday xatardan ogohlantirilmaganini bildirgandi. “Zaharli moddalarning ta’siri xususida brifing o‘tkazilmagan, himoya vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilmagandi”, - deya qayd etilgan axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning janubidagi Xonobod harbiy aviabazasi 2001-2005 yillarda AQSH kuchlarining moddiy-texnik ta’minoti bazasini o‘tagan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar