“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 03:22
ЎЗO‘Z

Koronavirusni qayta yuqtirish mumkinmi? Davlat bosh sanitariya inspektori javob berdi

10 iyul, 16:05 2 889 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusni qayta yuqtirish mumkinmi? Davlat bosh sanitariya inspektori javob berdi Janubiy Koreya va Xitoy, Yaponiyada ham koronavirusdan davolanib chiqqanligi aytilgan insonlarda qayta kasallanish holatlari qayd etilgani xabar qilindi. Kun.uz muxbiri Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ayni masala yuzasidan mutaxassislarga murojaat qildi.
Jurnalist, “O‘zbekistonda ham koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar orasida qaytalaganlar bo‘ldimi?”, - deya mutaxassislarga yuzlandi.

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Kun.uz muxbirining bu savoliga javob berar ekan, virusli kasallikni yuqtirib, sog‘ayganlar qaytadan bu kasallikka chalinmasligini, aksincha uning boshqacharoq namunasiga chalinishi mumkinligini bildirdi.

Kasallikning qaytalanishi, ya’ni bir odamning ikki marotaba bir kasallik bilan xastalanishi haqida gap ketayotgan paytda, biz aniq bilamiz, virusli, ayniqsa, o‘sha respirator kasalliklar bilan og‘rigan insonlarning immun tizimi ularning qaytadan ushbu kasallik bilan kasallanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ularda orttirilgan immunitet shakllanadi.

Lekin, bir narsani bilishimiz kerak, odamda respirator-klinik belgilarni chaqirishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p viruslar bor. Gripp, paragripp, reviruslar, oddiy shu koronavirusning 6 xil namunasi ham bor. Aynan shu kasallik bilan qayta xastalandi, degan fikr menimcha, to‘g‘ri emas. Bu yerda o‘sha kasallikning o‘zgargan, qaysidir xislatini saqlagan, mutatsiyalashgan shtammlari haqida gap bo‘lishi mumkin.

Hatto biror kishida birlamchi kasallanishdan so‘ng, ikkinchi bor shu virusni yuqtirsa, unda immunitetning juda sayoz ko‘rinishi bo‘lgan taqdirda ham, keyingi xastalanish holati avvalgisiga qaraganda birmuncha yengil kechadi. Negaki, organizm xotirasida ushbu kasallikka qarshi antitanachalar ishlab chiqarish bor
”, - dedi Davlat bosh sanitariya inspektori AOKAda tashkil etilgan brifingda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 156
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar