“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:07
ЎЗO‘Z

Elmira Bositxonova koronavirus insondan bir necha yuz barobar aqlliroq ekanligini aytdi

10 iyul, 08:48 2 822 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elmira Bositxonova koronavirus insondan bir necha yuz barobar aqlliroq ekanligini aytdi Respublika maxsus komissiyasi pandemiya davrida holatga qarab qarorlarni yangilab borish uchun tuzilgan. Bu haqda 8 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Bositxonovaning ta’kidlashicha, pandemiya darajasini oldindan prognoz qilish jamiyatdagi barcha insonlarning xatti-harakatiga bog‘liq.

«Insondan bir necha yuz barobar aqlliroq bo‘lgan virus o‘zini mutatsiyalari bilan va bizning hayotimizda jamiyatdagi insonlarga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni butun dunyo prognoz qila olmayapti. Shu jumladan, bu inson omiliga bog‘liq. Masalan, bitta tashkilotning ishlashi rahbarga, bitta insonga yoki bo‘lmasa uning xodimlariga – 10-15 ta insonga bog‘liq bo‘lsa, yuqumli kasalliklarni prognozi bunday pandemiya davrida millionlab fuqarolarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, prognozlarda o‘n kun, yigirma kundan keyin vaziyat qanday bo‘lishi tahlil qilinadi. Undan keyin qarorlar o‘zgaraveradi. Maxsus komissiya shuning uchun tuzildi. Har kuni qarorlar o‘zgarishi mumkin», – dedi Elmira Bositxonova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10 iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi «qizil» bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar