“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda bugundan yana qat’iy karantin boshlandi

10 iyul, 08:00 2 489 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda bugundan yana qat’iy karantin boshlandi 10 iyuldan O‘zbekiston yana qat’iy karantinga qaytdi. Bugundan O‘zbekistonda avtomobil harakatini cheklanadi, viloyatlararo avtotransport qatnovlari taqiqlanadi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati to‘xtatiladi, oilaviy to‘y hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Bu cheklovlar hozircha 1 avgustgacha, epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, karantin choralari davom etadi.

O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalarida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holat tasdiqlangach, qat’iy karantin choralari joriy etila boshlangan, aprel oyiga kelib O‘zbekiston to‘liq karantinga o‘tgandi. Avvaliga bu choralar 20 aprelgacha etib belgilangandi. Keyin maxsus komissiya karantinni 10 mayga qadar uzaytirdi.

Bu vaqt oralig‘ida epidemiologik vaziyat yaxshilana boshladi, 21 apreldan boshlab kunlik kasallanishlar soni tuzalganlar sonidan kam bo‘ldi. Natijada, may oyi boshida karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaror qilindi. 11 maydan O‘zbekistonda yangicha tizim joriy etildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin choralari yumshatiladigan hududlarni belgilash aniq mezonlar asosida baholanib, tumanlar va shaharlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (o‘rta xavfli) va «yashil» (xavfsiz) hududlarga ajratildi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat iyun oyi davomida barqaror saqlanib turdi. Ammo 24 iyun kunidan kunlik kasallanish holatlari soni kundan kunga o‘sib bordi, oy oxirida kuniga ikkitadan o‘lim qayd etila boshladi, iyul oyi boshida esa vaziyat keskin yomonlashdi, kunlik kasallanishlar soni 400dan oshib, 500ga yaqinlashdi, kunlik o‘lim holatlari soni 5-6tadan bo‘lmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda aniqlangan holatlarning 52 foizi xorijdan kelgan fuqarolarda, 48 foizi esa aholi orasida aniqlangan. Vazirning ma’lum qilishicha, koronavirus bemorlari orasida o‘limlar soni oshishiga 50 foiz holatlarda shifokorlarga kech murojaat qilish sabab bo‘lmoqda. Vazirlik vakilining ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning 70-80 foizida kasallik tashqi simtomlarsiz kechmoqda.

Mutasaddilar va mutaxassislar statistika shu tarzda o‘sib borsa, O‘zbekistondagi shifoxonalarga bemorlar sig‘may ketishi, koronavirusdan boshqa kasalliklarga chalinganlarga yordam ko‘rsatib bo‘lmay qolishi mumkinligidan ogohlantirishdi. O‘zbekiston ikkinchi to‘lqinga tayyorlana boshladi. 8 iyul kuni respublika maxsus komissiyasi karantinga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini e’lon qildi.

Qarorga binoan, respublika miqyosida:

Avtotransport vositalari harakati cheklovi bo‘yicha tartib:

Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, ko‘kat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.

1 avgustgacha quyidagi ob’ektlar faoliyati to‘xtaladi:
- parklar va istirohat bog‘lari;
- buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
- sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
- tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
- umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona), yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno;
- sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
- diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

Bundan tashqari, xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi. Xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.

Shu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish ob’ektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:

Kasallik yengil kechayotgan bemorlar uyda davolanadi:

Bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar uyda karantin o‘taydi:

Qamchiq dovonidagi «Namangan» YPX maskani 10 iyul kuni soat 00:00dan boshlab yopildi, avtotransport vositalarining dovon orqali harakatlanishi to‘xtatildi. Viloyatlar hokimlari aholiga murojaat qilib, qat’iy karantinga rioya etishni, imkon qadar uydan chiqmaslikni so‘rashmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar