“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:12
ЎЗO‘Z

Muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston musulmonlariga murojaat qildi

09 iyul, 22:50 2 614 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston musulmonlariga murojaat qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 10 iyuldan 1 avgustgacha qat’iy karantin e’lon qilinishi munosabati bilan musulmonlarga murojaat bilan chiqdi.

Barchamiz hozir guvohi bo‘lib turibmizki, koronavirus pandemiyasi davom etyapti. Jumladan, O‘zbekistonda ham bu pandemiya juda avjiga chiqdi. Kecha, 8 iyul kuni, muhtaram prezidentimiz boshchiligida videoselektor bo‘lib o‘tdi. Shu videoselektorda ham bu gaplarni kuyib-pishib gapirdilar. Bular – xalqning osoyishtaligini ko‘zlab gapirilgan gaplar.

«Bu juda murakkab sinov va og‘ir kurashda ko‘p narsa o‘zimizga bog‘liq», dedilar. Haqiqatan, bu insonning o‘ziga bog‘liq. Inson murakkab sharoitda o‘zini saqlasa, sabr qilsa, qanoat qilsa va ko‘rsatmalarga amal qilsa, bu insonning yutug‘i bo‘ladi, bu xalqning farovonligi bo‘ladi. Inson bir o‘zi uchun emas, oilasi uchun, bola-chaqasi uchun, qo‘ni-qo‘shnisi uchun, butun jamiyati uchun sabr bilan katta manfaat keltiradi.

Besabr bo‘lsa va karantin qoidalariga amal qilmasa, bu butun jamiyatga va oilasiga katta zarar bo‘ladi.

Qat’iyat va intizom bilan hammamiz jipslashib, birga harakat qilib, bularning ustidan g‘olib kelamiz. Buni odamlar tushunishi kerak. Ba’zida ko‘chalarda ko‘rib qolamiz – karantin qoidlarini buzgan, niqobsiz yurgan, ijtimoiy masofani saqlamagan, e’tiborsiz bo‘lgan. Hech narsa bo‘lmagandek, hech narsani bilmagandek. Bu insoniyat uchun, jamiyat uchun o‘ta zarar.

10 iyuldan boshlab karantin qoidalari yana qat’iylashyapti. O‘z-o‘zidan ma’lumki, karantinning barcha sohalarga ta’siri bo‘ladi. Jumladan, masjidlarimiz faoliyati ham vaqtinchalik, 1 avgustgacha to‘xtatib turiladi. Mo‘min-musulmonlar bu holatni to‘g‘ri tushunishlari, to‘g‘ri qabul qilishlari kerak. Intizomga rioya qilish kerak.

Hududlar yashil bo‘lganda masjidlar ochib berildi. Ibodatlar rohat bilan qilindi. Bugun endi pandemiya avj olyapti. Odamlarimiz to‘g‘ri tushunadilar, o‘zimizni, bola-chaqamizni, qo‘ni-qo‘shnilarimizni, jamiyatimizni bu balodan asrashimiz kerak. Bu balodan asrashning bir yo‘li sabr-u qanoat, yana bir yo‘li karantin qoidalariga to‘la amal qilish bilan bo‘ladi.

Imom Hokimdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) hadislarida shunday bashorat qilinadi: «Xursand bo‘ling. Sizlarga yengillik keladi. Har bir qiyinchilik ikki yengillikdan ustun kelmaydi».

Ya’ni bir qiyinchilik kelsa, albatta, uning orqasidan Alloh Taolo bandasiga yengillik beradi. Chunki Alloh bandasiga mehribon. Lekin bitta qiyinchilik ikkita yengillikning ustidan g‘olib kela olmaydi. Albatta, yengillik g‘olib keladi. Chunki Alloh Taolo bandalarini o‘zi yaratgan va o‘zi asraydi. Faqat bunga amal qilish, sabr va qanoat qilish kerak bo‘ladi.

Shu o‘rinda yana bir masalaga e’tibor berishimiz kerak. Yoshlarimiz o‘zlarini tutib olishni bilishlari kerak va bugunning qadriga yetishlari kerak. Ota-onalar ham tarbiyani yaxshi va mukammal berishlari kerak. Karantin bo‘ldi, uyda o‘tir, deganda darrov ijtimoiy tarmoqlarga kirib, yot g‘oyalarni o‘rganib, unga ergashib ketish insofdan emas.

Yuqorida aytib o‘tdik, davlatimiz diniy sohaga katta e’tibor beryapti. Diniy sohaga berilayotgan e’tiborni shukrona deb qabul qilishimiz kerak, buning qadriga, albatta, yetishimiz kerak.

Eshitib qolamizki, yoshlar ijtimoiy tarmoqlarga kirib, yot g‘oyalarga ergashib, Suriyaga chiqaman, deganlari qo‘lga tushyapti. Bu juda ham uyat narsa. Bu juda ham katta noshukrlik.

Prezidentimiz 4 mingdan ziyod kishiga afv e’lon qildilar. Ular ozodlikka chiqib, bola-chaqalarining huzurlariga keldi. Ularning ko‘pchiliklari bilan uchrashdik, xonadonlariga kirdik, suhbat qildik. Ular panjara ortida necha yil o‘tirgan bo‘lsak, ota-ona xizmatidan mosuvo bo‘ldik, farzandlarimizni tarbiya qila olmadik, halol mehnat qila olmadik, deb afsusda. Ularning so‘zlari boshqalarga pand bo‘lishi kerak.

Biz bolalarimizdan xabardor bo‘lib turishimiz kerak. Ularning nima ish bilan shug‘ullanayotganidan xabardor bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga boshlab, odob-axloqni o‘rgatib tursak, ham ota-onaga, ham qo‘ni-qo‘shnilarga, ham jamiyatga katta manfaat tegadi.

In shaa Alloh, masjidlar yana ochiladi, besh vaqt jamoat namozlari davom etadi, juma namozlarini, hayit namozlarini o‘qiymiz. Xalqimizning haqqiga jamoat bilan duolarni qilamiz.

Aziz yurtdoshlarimizga murojaatimiz shundan iboratki, karantinning yana qat’iylashganiga to‘g‘ri baho berib, bunga amal qilib, sabr-matonat bilan bu pandemiyani yengib o‘tamiz. Yengillik, yorug‘lik, albatta, bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar