“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:33
ЎЗO‘Z

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari «O‘rtasaroydagi mojaro» bo‘yicha izoh berdi (video)

09 iyul, 17:34 3 450 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari «O‘rtasaroydagi mojaro» bo‘yicha izoh berdi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «O‘rtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarning noroziligi aks etgan video tarqaldi.
O‘zi tasvirda ko‘rinmagan video muallifi «O‘rtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan odamlar 17 kundan beri ushlab turilganini, belgilangan muddat yakuniga yetgan bo‘lsa-da ruxsat berilmaganini aytadi.

«Yigirmanchi [iyun] kuni keldik. Bugun 18 kun bo‘ldi. Kecha «obed»dan beri hech kim bizga ovqat bergani yo‘q. Bolalarimiz bilan och yotibmiz. Qachon bu yerdan ketamiz? Kimga uchrashsak bo‘ladi?», deydi videoda karantin darvozasini tepayotgani ko‘ringan ayollardan biri.

Video muallifi karantinda saqlanayotgan fuqarolarning savollariga hech kim javob bermayotganini ta’kidlaydi.
Kun.uz muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov bilan bog‘lanib, mazkur holat yuzasidan izoh so‘radi.

Ulug‘bek Sobirov
Foto: dermatology.uz

«Ayni paytda «O‘rtasaroy» karantin majmuasidaman. Ushbu majmua epidemiologik noxush hududlardan olib kelingan shaxslar saqlanayotgan O‘zbekistondagi eng yaxshi karantin hududlaridan biri. Bu yerdagilarga berilayotgan ovqatlar yaxshi, sifatli. Hammasi vaqtida berilayapti.

Pandemiya sharoitida yashayapmiz, epedimiya butun respublikaga tarqalib ketmasligi uchun xorijdan kelganlar yoki koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumonlanganlarni shu yerda saqlab turibmiz. Ularni vaqtida boshqalardan ajratib, diagnostika qilib sog‘lomlashtirib chiqaryapmiz.

Kasallik tarqab ketmasligi uchun epidemiologik nuqtai nazardan nima kerak bo‘lsa hammasini qilyapmiz. Bitta xonada to‘rttadan odam saqlanayotgan bo‘lsa, ularning orasidan kimdadir kasallik chiqqan taqdirda u zudlik bilan boshqa joyga o‘tkazilmoqda. Tabiiyki, shu xonada yashagan qolgan uch kishining karantin muddati sal cho‘ziladi. Ulargayam kasallik yuqqan-yuqmaganiga ishonch hosil qilish uchun shunga majbur bo‘lyapmiz.

Ammo fuqarolarimiz shunga chiday olmayapti. Ularga karantin muddati cho‘zilayotgani yoqmayapti. Ayrimlar nega bizni boshqalardan ko‘proq ushlab turibsizlar deb to‘polon qilishyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga mana shu narsa sabab bo‘lgan. Biroq videoda aytilganidek, ikki kundan beri och qolishgani, ovqat berilmayotgani yolg‘on. Bu yerda sharoitlar yaxshi, har bitta xonada konditsioner, televizor, yuvinish xonalari, ya’ni uydagi hamma sharoit bor.

Hozirgacha karantin muddati 14 kun edi, maxsus komisssiyaning qarori bilan buyog‘iga 10 kunga tushirildi. Xudo xohlasa, jarayon sekin-sekin tezlashadi. To‘g‘ri, bu yerda saqlanayotganlarga ham oson tutmayman. Bir-ikki kun televizor ko‘rishar, keyin zerikishayotgani rost. Epedimiya sharoitida bundan ortiq nimayam qila olardik. Eng muhimi, qorinlari to‘q, salomatliklari ishonchli qo‘llarda. Davlat hammasini yetkazib bermoqda
», deydi Ulug‘bek Sobirov.

Eslatib o‘tamiz, 55 gektar hududda barpo etilgan «O‘rtasaroy» karantin hududi 20800 o‘ringa mo‘ljallangan. Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kishi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barcha tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek majmuada ovqatlanish, laboratoriya, tibbiyot xodimlari uchun turarjoylar, reanimatsiya bo‘limlari va karantin uchun maxsus xonalar ham barpo etilgan. 3467 konteynerdan iborat majmua elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 0
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 66
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 44
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar