“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:16
ЎЗO‘Z

«Karantinga to‘la rioya qilinsa, 1 avgustdan yana hammasi iziga tushishi mumkin» – mutaxassis

09 iyul, 15:00 2 057 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Karantinga to‘la rioya qilinsa, 1 avgustdan yana hammasi iziga tushishi mumkin» – mutaxassis Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov qat’iy karantin cheklovlariga qaytish nega kerak bo‘lgani haqida gapirdi.

«Kasallik 1 iyuldan boshlab ko‘paydi, deb hech kim aytgani yo‘q. Kasallik so‘nggi 2 hafta-20 kunda kunlik ravishda ko‘payib bordi. Ungacha nega karantin qabul qilindi va nega yumshatila boshlandi?

Mart oyida o‘rnatilgan karantinning natijasini ko‘rdik, uni hamma davlatlar e’tirof etdi. Yangi aniqlangan kasallar soni tuzalayotgan bemorlar sonidan 2 baravar kamaygandan keyin karantinni yumshatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Karantinni yumshatish bo‘yicha o‘tkazilgan selektorda agar vaziyat, statistika o‘zgaradigan bo‘lsa, yana qat’iy cheklovlarga qaytilishi haqida aytilgan edi.

Karantin yengillashtirilgandan keyin xalq sal noto‘g‘ri tushundi – bo‘ldi, buyog‘iga karantin ochildi, eski hayotga qaytdik, deb o‘ylashdi. To‘da bo‘lib yig‘ilish, qator-qator mashinalar, Chimyon-Chortoq, 100 kishilik to‘ylar, go‘zallik salonlari, restoranlar...

Transportga ruxsat berilganda 50 foiz yuklama olish, faqat o‘rindiqlarda ijtimoiy masofa saqlagan holda yurishga ruxsat berildi. Ammo «pik» vaqtida ko‘rsangiz, odamlar tirband bo‘lib, bir-birining qulog‘iga nafas olib ketyapti. Bundan keyin kasallik yuqmay nima qilsin?!

Vatandoshlarni chet eldan olib kelish to‘xtagani yo‘q, har kuni 2-3ta charter reysda 500tagacha odam qaytib kelyapti. Ular yashil davlatlardan kelayotgani yo‘q, hammasi qizarib yotgan davlatlardan kelyapti. Charter reysda kelganlar orasida kasallik aniqlanish holati 60 foizgacha chiqdi.

Yuqoridagi omillar hisobiga oxirgi 20 kun ichida kasallik ko‘rsatkichlari yana ko‘tarilib bordi. Shuning uchun 10 iyuldan qat’iy karantinni boshlamasak, buyog‘iga kech qolamiz, deb bong uryapmiz
», dedi Oqilov Maxsus komissiyaning karantinni kuchaytirish haqidagi qarori yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinborsari Elmira Bositxonovaning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi qarorlar 20 kunlik karantin natijalari tahlilidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

«Karantinnnig birinchi o‘n kunligida, 20 kundan keyin yana tahlillar qilinadi. Mana shu tahlil natijalari asosida qarorlar o‘zgaradi. Respublika maxsus komissiyasi shuning uchun ham tuzildi, qarorlar vaziyatdan kelib chiqqan holda har kuni o‘zgarishi mumkin», dedi Bositxonova.

Habibullo Oqilov 20 kunlik karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinsa, 1 avgustdan vaziyat iziga tushishi mumkinligini ta’kidladi.
«Yangi cheklovlar boshlang‘ich bosqichda 1 avgustgacha deb aytilyapti. Agar kasallik zanjirlarini uza olsak, yangi holatlar aniqlanishi kamaysa, yangi qarorlar qabul qilinadi. Karantin qoidalariga to‘la rioya qilinsa, 1 avgustdan yana hammasi iziga tushishi mumkin», dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar