“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:20
ЎЗO‘Z

Avtomobillarning maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish vaqtlari bo‘yicha ma’lumot berildi

09 iyul, 13:07 4 331 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillarning maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish vaqtlari bo‘yicha ma’lumot berildi Kuchaytirilgan karantin sharoitida avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida, ya’ni ertalab 07:00dan – 10:00gacha va 17:00dan – 20:00gacha tegishli xudud doirasida ruxsat beriladi.

YHXBB boshlig‘i Olim Saidov 9 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Maxsus komissiyaning ushbu qarorini izohlab o‘tdi.
«Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e’tiboran Respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklashni nazarda tutuvchi bir qator tartiblar joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi to‘xtatiladi. Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno.

Jamoat transporti harakati to‘xtatiladi.

Avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida, ya’ni, ertalab 07:00dan – 10:00gacha va 17:00dan – 20:00gacha tegishli xudud doirasida ruxsat beriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida fuqarolarning ish joyiga borib kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birlamchi mahsulotlarni xarid qilishi uchun harakatlanishga ruxsat beriladi. Avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida esa sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi
», deb tushuntirdi Olim Saidov.

YHXBB boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, 10 iyuldan boshlab viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yo‘l patrul maskanlari xizmatlari, blokpostlar va to‘siq postlari faoliyati Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlari hamda Sanitariya epidimologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillari jalb qilingan holda kuchaytiriladi.

Karantin davrida shuningdek, fuqarolarning mototransport, skuter hamda velosipedda harakatlanishi bo‘yicha ham ma’lum tartiblar amal qiladi. Jumladan, bunda faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda, hayotiy zarur extiyojlari (dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi darajadagi vositalarni xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat qilish) uchun ruxsat beriladi.

«Shuningdek, transport vositalarining harakatlanishi uchun Adliya vazirligi, DXA tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnomalar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.

Ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalari egalariga esa ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash va avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga joylashtirish nazarda tutilgan
», deydi Olim Saidov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar