“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:02
ЎЗO‘Z

Prezident viloyatlar hokimlariga elga murojaat bilan chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

09 iyul, 00:30 3 324 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident viloyatlar hokimlariga elga murojaat bilan chiqish bo‘yicha topshiriq berdi Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kungi videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.
«Yana bir marta ogohlantirmoqchimanki, uyda davolanib kasallikni yashirish bilan o‘zlaringga juda katta xavf-xatar tug‘diryapsizlar. Oilamizga, farzandlarimizga, ota-onamizga, nuroniylarga xavf-xatar tug‘diryapmiz. Bizdagi oxirgi ma’lumotlar yaqqol shuni ko‘rsatib turibdi.

Shuning uchun hamma viloyatlar hokimlari mutasaddi-mutaxassislar bilan birga mart oyida xalqimizga qanday murojaat qabul qilgan bo‘lsalaring, erta-indin shunday murojaat qabul qilasizlar.

Viloyat rahbarlari, sizlar o‘sha yerdagi elning boshisizlar. Elimizga alohida, o‘z farzandlaringga, o‘z otalaringga, o‘z singillaringga murojaat qilganday murojaat qilish kerak. O‘zimiz o‘z sog‘lig‘imizni asramasak, o‘z farzandimiz, ota-onamiz, qarindoshlarimizni hech kim asrab bermaydi. Hammasi o‘zimizga bog‘liq.

Ochiq gap, hammamiz jilovni salgina qo‘yib yubordik. Juda katta choralar ko‘rgan edik, O‘zbekistondagi tizimni dunyo hamjamiyati tan olgan edi. Biz majburmiz bu cheklovlarni qilishga.

Ogoh bo‘lib, ziyrak bo‘lib, metin intizom bilan albatta g‘alaba qozonamiz. Lekin birlashib, hammamiz bir bo‘lib, to‘g‘ri tushunsak, natija biz kutgandek bo‘ladi.

Ommaviy axborot vositalariga yana bir marta minnatdorchilik bildirmoqchiman, ular xalqimizga hamma muloqotlarni, mutasaddilar bergan takliflarni xalqimizga yetkazishyapti. Har bir soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning birinchi rahbarlari ommaviy axborot vositalari bilan uchrashib, xalqimizga har bir cheklovni nima uchun qilganmiz, bu cheklovlarni qanday qilib bajarishimiz kerakligini tushuntiradi.

Shu bilan birga, biz iqtisodiyot tarmoqlarini to‘xtatmaymiz. Qanday og‘ir bo‘lmasin, biz birinchi kundan boshlab bir necha marta bu masalaga qaytayapmiz. Mana shunday sharoitda yashash va ishlashga o‘rganishimiz shart
», – dedi davlat rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar