“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:01
ЎЗO‘Z

Karantin davri 14 kundan 10 kunga qisqartirilganiga izoh berildi (video)

08 iyul, 22:13 3 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin davri 14 kundan 10 kunga qisqartirilganiga izoh berildi (video) O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirildi. SSV qoshidagi shtab a’zosi Habibullo Oqilov 8 iyul kungi matbuot anjumanida bunga izoh berdi.

«Havo-tomchi orqali yuqadigan virus kasalliklarining hammasi uchun inkubatsion davr 14 kun sifatida qabul qilingan. Biroq hozir jahonda ko‘plab mutaxassislarning o‘rganib chiqishiga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nisbatan farq qiladi.

Bunda COVID-19’ning birinchi alomatlari paydo bo‘lgan kundan boshlab orqaga 5 kun hisoblab chiqiladi. Chunki kasallanish birinchi alomat paydo bo‘lishidan oldinroq sodir bo‘ladi. Koronavirus birinchi alomat paydo bo‘lgandan so‘ng 7-kun ham yuqumli hisoblanadi, 8-kuni esa kasallik davom etavergani bilan yuqtirish qobiliyati qolmaydi
», – deya tushuntirdi Habibullo Oqilov.

SSV vakilining so‘zlariga ko‘ra, 8-kundan so‘ng COVID-19’ning yuqish qobiliyati susayishi hisobga olingan holda zaxiraga yana 2 kun qo‘shib hisoblangan va yangi karantin muddati 10 kun etib belgilangan.

«Jahon tajribasida shunday», – dedi Oqilov.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar endilikda uy sharoitida karantinda saqlanadi.

Uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olinganlarga tibbiy maslahat va axborot berib borish maqsadida tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi koll-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar