“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:21
ЎЗO‘Z

Habibulla Oqilov: «Biz Maxsus komissiyadan 28 kun so‘ragandik, 20 kunga chidab bersak ham katta gap deyishdi»

08 iyul, 15:25 4 917 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Habibulla Oqilov: «Biz Maxsus komissiyadan 28 kun so‘ragandik, 20 kunga chidab bersak ham katta gap deyishdi» O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 10 iyuldan 1 avgustga qadar (20 kunga) koronavirusga qarshi karantin tartibi keskin kuchaytirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar aslida Maxsus komissiyadan 28 kunlik karantin joriy etishni so‘ragan.

8 iyul kuni AOKADa bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oqilovning ta’kidlashicha, agar hozir karantin tartibi kuchaytirilib, kasallikning tarqalish zanjiri uzib tashlanmasa, O‘zbekistonda ham Qozog‘iston yoki Qirg‘izistondagi kabi og‘ir vaziyat yuzaga kelishi, dorixonalarda dori, kasalxonalarda esa koyka-o‘rinlar yetkazib bera olmaslik holatiga tushib qolish mumkin.

- Aynan shu holga tushmaslik uchun karantin tartibi kuchaytirilyapti. Bu bir, ikki yo uch oyga emas, atigi 20 kunga qilinyapti. Atigi 20—21 kunda, Xudo xohlasa, shu zanjirlarni uzib olsak.

Biz Maxsus komissiyadan ikkita inkubatsion davrni — 14 kundan 28 kun so‘ragandik. Bizga: «Yo‘q, xalq uchun bu juda qiyin bo‘ladi, 20 kun chidab bersak ham katta gap», deb aytishdi.

Biz Maxsus komissiyani 20 kunga rozi qiloldik. Agar hozir keskin choralar ko‘rmasak, buning asoratlari fojiali bo‘lishini xalq tushunishi kerak
, - dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar