“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:30
ЎЗO‘Z

SSV Toshkentda koronavirus og‘ir kechayotgan bemor ahvolini namoyish etdi (video)

08 iyul, 15:03 4 147 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SSV Toshkentda koronavirus og‘ir kechayotgan bemor ahvolini namoyish etdi (video) Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotgan, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni aks etgan videoni taqdim etdi.

«Videolavhada guvohi bo‘lganingizdek, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir kechmoqda. Shifoxonalarimizda tez-tez yuz berayotgan bu kabi achinarli holatlarni ko‘p eshitganmiz, ammo bundan hamisha ham to‘g‘ri xulosa chiqaravermaymiz. Vaziyatni ko‘z bilan ko‘rganimizda esa beixtiyor ehtiyot bo‘lish lozimligini o‘ylab qolamiz.

Bemorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan shifokor qayd etganidek, ushbu 69 yoshli bemor 30 iyun kuni og‘ir ahvolda, tez tibbiy yordam mashinasida klinikaga olib kelingan. Bemorga koronavirus infeksiyasi farzandlari orqali yuqqan. Shunga qaramay o‘z sog‘ligiga e’tiborsizlik bilan qaragan bemor uy sharoitida davolanishga harakat qilgan. Natijada, kasallik zo‘rayib ketgan.

Ayni paytda bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, ikki tomonlama pnevmoniya bilan kechmoqda. Shifokor ogohlantirganidek, koronavirus infeksiyasining eng yomon tomoni, pnevmoniyani tez rivojlantiradi. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan kasallikning ilk alomatlari sezilgan zahotiyoq, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari lozimligini doimiy ravishda so‘rab keladi.

Mazkur videolavha barchamizga katta saboq bo‘lib, shunga yarasha karantin qoidalariga qat’iy rioya etish, yaqinlarimizni, ayniqsa, keksalarimizni avaylashimiz, har qadamda hushyorlikni yo‘qotmaslikni doimiy odatga aylantirishimiz zarur ekanini ko‘rsatmoqda. Aks holda, videoda aks etgan bemorning ahvoliga tushib qolmasligimizga hech kim kafolat bera olmaydi.

O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligiga e’tiborsiz bo‘lmang, hushyor holda karantin qoidalariga so‘zsiz rioya etishni aslo unutmang!», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar