“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston yana karantinga qaytmoqda

08 iyul, 14:15 3 533 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston yana karantinga qaytmoqda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika bo‘yicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha O‘zbekistonda avtomobil harakatini cheklash, viloyatlararo avtotransport qatnovlarini taqiqlash, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatini to‘xtatish, oilaviy to‘y hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o‘tkazishni ham taqiqlash ko‘zda tutilgan.

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:
- avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
- davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
- davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish belgilandi;
- hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
- tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi;
- to‘y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi;
- 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklandi.

Shuningdek, quyidagi ob’ektlar faoliyati to‘xtatildi:
- parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
- buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
- sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
- tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
- umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);
- sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

Maxsus komissiya xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog‘liq yangi tartiblar belgilagan:
- xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;
- xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar