“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:23
ЎЗO‘Z

Sud jarayonida qarzdor 40 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi

07 iyul, 23:53 2 792 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sud jarayonida qarzdor 40 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 02.09.2015 yildagi S-1-506/15-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Tursunovdan undiruvchi Kim Natalya foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi D.Irgashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, qarzdorga aliment undiruvi yuzasidan barcha huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilib aliment pullarini to‘lamagan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan va uni topish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan edi.

Bo‘limning tezkor qidiruv xodimlari tomonidan qarzdor topilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasiga asoosan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qarzdor B.Tursunov to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘ziga nisbatan ko‘rilayotgan ma’muriy sud jarayonida alimentdan bo‘lgan 40 mln. so‘m miqdoridagi qarzlarini undiruvchiga to‘liq to‘lab berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar