“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 23:58
ЎЗO‘Z

Habibulla Oqilov: «Koronavirus bor va unga juda jiddiy qarash kerak»

07 iyul, 20:32 2 883 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Habibulla Oqilov: «Koronavirus bor va unga juda jiddiy qarash kerak» O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov “O‘zbekiston24” telekanali orqali chiqishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi barcha shifoxonalarda yetarlicha joylar mavjud, barcha jihozlar, dori-darmonlar, laboratoriyalar yetarli, shifokorlar koronavirus sharoitida ishlash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.

Ammo qars ikki qo‘ldan chiqadi. Xalq ham vaziyat jiddiyligini tushunishi lozim. Hozirda bizda vafot etganlarning 13 foizi 40 yoshgacha bo‘lsa, ming afsuski, 3 foizi 20 yoshgacha bo‘lganlardir. Odamlar bunga jiddiy e’tibor qaratishlari kerak. Talab qilinadigan narsalar esa juda oddiy: gigiyena qoidalariga rioya qilish va o‘zini ehtiyot qilish. Afsuski, oramizda shunday odamlar borki, ular “koronavirus bor narsami o‘zi? Masalan, men ko‘rmadim. Birorta ham tanishim, qarindoshim bunday kasal bo‘lmadi”, deb ochiqchasiga gapirib yuribdi. Odamlar niqob taqmayapti, bir joyda ko‘pchilik bo‘lib to‘planmoqda”, dedi Oqilov.

Uning ta’kidlashicha, o‘zini o‘zi ehtiyot qilish instinkti barcha uchun odat tarziga aylanishi kerak.

Koronavirus bor va unga juda jiddiy qarash kerak. Chunki rivojlangan mamlakatlarda vaziyatni yetarlicha baholamaslik ayanchli oqibatlarga olib kelayotganini ko‘rib turibmiz. Bizda vaziyat nisbatan yaxshi, o‘lim darajasi 0,03 foiz. Ammo vaziyat ertaga butunlay o‘zgarib ketishi mumkin, bundan hech kim sug‘urtalanmagan. Xalq to‘g‘ri tushunishi va to‘g‘ri yondashishi kerak”, dedi professor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 0
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 0
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 0
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 11
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 60
  • Bo‘limlar