“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:49
ЎЗO‘Z

DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi

07 iyul, 11:13 3 610 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi DXX va IIV xodimlari tomonidan mavjud jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentabrdagi qarori bilan mamlakatimizda taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining 11 nafar tarafdorlaridan iborat yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, ushbu guruhni tashkil etgan shaxsning o‘zi dastavval joriy yilning yanvar oyida diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish, hozirda Suriya va Turkiya davlatlarida qo‘nim topgan, asli qirg‘izistonlik laqabi “Abu Saloh” bo‘lgan Sirojiddin Muxtorov, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan “Abdulloh Zufar” laqabli Zofir G‘afforov va “Sodiq Samarqandiy” laqabli Sodiq Muhammadiyevlarning da’vatlarini tinglab, ularning ta’siriga tushib qolgan.
So‘ngra o‘z atrofidagi insonlarni ham bu yo‘lga targ‘ib qila boshlagan.

Joriy yilning mart oyiga kelib, u “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilish uchun Suriya davlatiga chiqib ketishni reja qilgan va buning uchun o‘ziga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib olgan.
Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston va Turkiyada joriy etilgan karantin choralari uning rejasining ro‘yobga chiqishiga xalaqit bergan.

Ta’kidlash lozimki, noqonuniy yig‘ilishlar davomida guruh a’zolari internet tarmog‘i orqali yuklab olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni tinglab, muhokama qilishgan. Hatto, ularning bir nechtasi “hijrat” va “jihod” qilish uchun Suriya davlatiga borishga xayrixohlik bildirishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolarining yashash manzillarida taqiqlangan diniy adabiyotlar va varaqalar, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon hamda flesh-kartalar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar