“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:15
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev banklarni xususiylashtirish va transformatsiya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

07 iyul, 00:09 2 748 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev banklarni xususiylashtirish va transformatsiya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul, dushanba kuni bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020—2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ushbu maqsadga erishish uchun qator muhim masalalarni hal qilish lozimligi ta’kidlandi. Birinchi navbatda banklar transformatsiyasi jarayonini faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hozirda 6 ta tijorat banki — «Ipotekabank», «Sanoatqurilishbank», «Turonbank», «Asakabank», «Aloqabank» va «Agrobank» moliyaviy diagnostika, istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni boshlagan. «Biroq boshqa banklarni transformatsiya qilish ishlari yetarli darajada faol olib borilmayapti», — dedi davlat rahbari.

Bu kamchilikni bartaraf etish uchun banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni xatlovdan o‘tkazish, Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga ko‘ra, muammoli kreditlar ulushi bir necha barobar ko‘payishi mumkinligi, bu esa bank tizimi uchun jiddiy xatar ekani qayd etildi.

Shu munosabat bilan muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish bo‘yicha ta’sirchan mexanizm ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi. Markaziy bank barcha tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan o‘tkazilgach, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbari barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat aktivlari bor tijorat banklarida hukumatdan olingan mablag‘lar hissasi hamon yuqoriligi tanqid qilindi.

Xususan, bunday kreditlar ulushi «Qishloqqurilishbank»da 41 foizni, «Ipotekabank»da 32 foizni tashkil etadi. O‘tgan yili banklarga davlat kafolati ostida qariyb 600 million dollarlik kredit liniyalari jalb qilingan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 570 million dollarni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda o‘rtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Prezident banklar moliyaviy resurslarni davlat yordami va ko‘magisiz, mustaqil jalb qilishi zarurligini qayd etdi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari axborot berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasiga ko‘ra, «Ipotekabank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Asakabank», «Aloqabank», «Qishloqqurilishbank» va «Turonbank»dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.

Bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini («loyihalar fabrikasi») keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida «Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki», «Agrobank» va «Mikrokreditbank» ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar