“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:13
ЎЗO‘Z

G‘uzor hokimligi hamshirani tashvishlantirgan muammo asossiz ekanligini ma’lum qildi

05 iyul, 16:35 3 577 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
G‘uzor hokimligi hamshirani tashvishlantirgan muammo asossiz ekanligini ma’lum qildi G‘uzor tuman hokimligi «Daryo»ga shikoyat qilgan hamshiraning gaplari asossizligini, hamshira tilga olgan shifokor Oktabr Nurxonov, hamshiralar Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonovalar 2020 yil 28 iyun kunidan beri ishga chiqmaganligini, ular uy sharoitida karantinga olinganini ma’lum qildi.

G‘uzor tuman hokimligi «Daryo»da e’lon qilingan «G‘uzorlik hamshira koronavirusdan vafot etgan bemorni davolagan bo‘lim xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganidan tashvishlanmoqda» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.

Ma’lumot berilishicha, maqolada tilga olingan holat tuman hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

«Tuman tibbiyot birlashmasining ma’lum qilishicha, maqolada nomlari ko‘rsatilgan shifokor Oktabr Nurxonov oxirgi marotaba 27 iyun kuni kechki payt shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida navbatchilikka turgan va 28 iyun kuni navbatchilikni topshirib ketgan. Hamshiralar — Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonovalar oilaviy muammolari sabab 29—30 iyun kunlari ishga kelmaganligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ushbu xodimlarning ishga kelishi-ketishi nazorat jurnali va tabelda ham qayd etilmagan», — deyiladi hokimlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

Hokimlikning tuman tibbiyot birlashmasiga tayanib qo‘shimcha qilishicha, TTB shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi karantinga olingach, ayrim hamshiralar vahima va sarosimaga tushib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarga bilib-bilmay murojaat yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Qashqadaryoning G‘uzor tumani va viloyatdagi 17 ta mahalla «qizil» hudud deb e’lon qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar