“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:53
ЎЗO‘Z

"O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi

05 iyul, 07:57 3 708 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi Toshkent viloyatida turistik sezon o‘z faol fazasiga kirdi va boshqa viloyatlar aholisini qarshi olishga tayyor, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi turizm departamentining turistik infratuzilmani muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma rahbari Erkin Norboyev.

Norboyevning so‘zlariga ko‘ra, yozgi dam olish mavsumida mahalliy aholi xalqaro reyslar ochilishini kutib o‘tirmasdan, "O‘zbekiston Shveysariyasi" nomini olgan - so‘lim Bo‘stonliq go‘shasida dam olishlari mumkin.

Koronavirus pandemiya tufayli turizm sohasi katta inqirozlarga yuz tutganiga qaramay, viloyat mutasaddilari bosh vazir topshirig‘iga asosan Bo‘stonliq tumanidagi dam olish go‘shalari, tog‘li hududlarda mahalliy turistlarning hordiq chiqarishlari uchun cho‘ntakbop shart-sharoitlarni yaratmoqda.

Xususan, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyuradigan turistlar uchun bu yerda yengil konstruksiyali palatka-shaharchalar, kempinglar va konteynerli qurilmalar bunyod etilmoqda.

"Ular keng ommaga mo‘ljallangan va cho‘ntakbop narxlarda bo‘ladi", - deya aniqlik kiritdi Norboyev.
Shuningdek, yo‘l oldi infratuzilmasi bo‘ylab ham qulay va arzon turar-joylar: mehmonxonalar, xostellar va mehmon-uylar vujudga keltirilmoqda.

Mahalliy hukumat nafaqat turistlarning qulay hordiq chiqarishi, balki ular salomatligi xavfsizligini ta’minlash borasida ham qayg‘urgan. Turistlar xavfsizligi uchun barcha shart-sharoitlar hozirlangan. Bu uchun nafaqat turizm departamenti xodimlari, balki tegishli instruktajdan o‘tgan turistik politsiya xizmatlaridan ham foydalanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun sanasidan O‘zbekistonning "yashil" va "sariq" hududlarida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yilgan edi. Turoperatorlar, turagentliklar, madaniyat ob’ektlari sanitariya-gigiyena normalari va talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘z faoliyatlarini boshlashlashlari belgilangandi.

Manba: Sputnik




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar