“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:10
ЎЗO‘Z

OTMga kirishda kimlarga qanday imtiyoz berilgan? (batafsil ro‘yxat)

05 iyul, 00:25 7 498 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OTMga kirishda kimlarga qanday imtiyoz berilgan? (batafsil ro‘yxat) Davlat test markazi imtiyozga ega bo‘ladigan barcha abituriyentlar toifalari haqida ma’lumot berdi.

Davlat mukofoti sovrindorlari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari OTMlar bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa magistraturaga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha sinovlarsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari OTMlar bakalavriatiga, OTM talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistraturaga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

«Nihol» mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi. Lekin ansambl yoki jamoa sifatida ishtirok etganlarga bunday imtiyoz berilmaydi.

Bundan tashqari, «Nihol» mukofoti sovrindorlari Madaniyat vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning mos ta’lim yo‘nalishlariga ham tanlovdan tashqari, kirish imtihonlarisiz (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon topshirmagan holda) davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Olis cho‘l tumanlari yoshlari
Prezident qarori bilan, Davlat komissiyasiga 2017/18 o‘quv yilidan boshlab Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi OTMlarga o‘qishga qabul qilishda test sinovlari natijalari bo‘yicha 68 va undan yuqori ballga ega bo‘lgan, olis cho‘l tumanlarida kamida uch yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni davlat granti asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilish huquqi berilgan.

Bunda imtiyoz asosida talaba bo‘lgan abituriyent keyinchalik mutaxassisligi bo‘yicha ushbu hududlardagi budjet tashkilotlarida tegishli viloyat hokimligi va OTM o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida kamida 4 yil ishlab berishi zarur.

Yosh tasviriy san’at ustalari
Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari akademiya taqdimnomasiga asosan Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon topshirmagan holda) davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Yosh filologlar
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasiga asosan, Davlat komissiyasi qarori bilan OTMlar bakalavriatining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Yoshlar ittifoqi faollari
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi qarorida YOIning faol a’zolariga OTMlarga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish belgilangan.

Shuningdek, ittifoqning faol a’zolari Davlat komissiyasi qarori bilan doimiy yashash joyidagi OTMlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Harbiy soha kadrlarining farzandlariga imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga asosan har bir harbiy qismdan bir nafardan yuqori natijalarga erishgan yosh harbiy xizmatchi qo‘shimcha davlat granti asosida OTMlarga o‘qishga qabul qilinadi.

Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)da harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari OTMlarga kirishda ajratilgan besh foizli qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning harbiy xizmatchilarining farzandlari OTMlarga kirishda belgilangan qabul ko‘rsatkichlaridan tashqari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari
Amaldagi tartibga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ichki ishlar vaziri tomonidan beriladigan tavsiyanoma va taqdimnomalar asosida imtiyoz olishi mumkin.

Ichki ishlar vazir tomonidan:

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga:

Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga:


«Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari
«Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat OTMlariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

«Temurbeklar maktabi»ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida «Temurbeklar maktabi» bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.

Imkoniyati cheklangan yoshlar
Nogironligi bo‘lgan shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etilgan.
OTMlarga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga qo‘shimcha ravishda, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratilgan.

Bunda kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi (I va II guruh) bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

2020/21 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2799ta qo‘shimcha davlat granti ajratilgan.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari
2019/20 o‘quv yilidan boshlab, OTMlarga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan mehribonlik uyi va bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilgan. Joriy yil ular uchun jami 1 400 o‘rin ajratilgan.

«Tarbiyachi» ko‘rik-tanlovi g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga muvofiq, «Tarbiyachi» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon topshirmagan holda) davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari
2019/20 o‘quv yilidan boshlab, asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi.

Shuningdek, quyidagi xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni egallagan abituriyentlar OTMlarga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi:

Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO);
Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO);
Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (ICHO);
Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO)
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar

2020/21 o‘quv yili qabulidan boshlab, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 4 foizli davlat granti ajratiladi.

Ushbu to‘rt foiz – bu yil 940ta grant kvota demakdir.

Chet tilidan maksimal ball
Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani
kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga bu fandan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

So‘xlik maktab bitiruvchilari uchun 500ta grant
Qo‘shimcha qilish joiz, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500ta o‘rin miqdorida maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar