“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:30
ЎЗO‘Z

Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol shifoxonaga yotqizilganidan uch kun o‘tib vafot etdi

04 iyul, 19:19 3 530 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol shifoxonaga yotqizilganidan uch kun o‘tib vafot etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan buxorolik 35 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etganini ma’lum qildi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol D.Sh. 1 iyul kuni koronavirusga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga «ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja» tashxisi qo‘yilgan.
«Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda O‘zbekistonda rasman ma’lum qilingan koronavirus qurbonlari soni 31 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun COVID-19`dan vafot etgan boshqa bir bemor – toshkentlik 65 yoshli erkak ham shifoxonaga 1 iyul kuni yotqizilgani xabar qilingandi. SSVning ertalabgi axborotida bemorlardan 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilgan.

Ma’lumot uchun, pandemiya davrida Toshkentda 17, Namanganda 4, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar