“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:26
ЎЗO‘Z

Jahon banki O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi

04 iyul, 13:33 1 920 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon banki O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi Foto: AP Photo, Lawrence Jackson
Qarz mablag‘lari “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi, deb yozmoqda Norma.

Ular COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish uchun milliy sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar sotib olish, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU)ning kreditidan samarali foydalanishni monitoring qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi XTU kreditidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.

Mas’ul ijro etuvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishlicha quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklatildi:

- Loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni o‘rnatish va montaj qilish uchun tibbiyot muassasalarini tayyorlash;
- Loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- Loyiha doirasida ijtimoiy nafaqalarning maqsadli va manzilli tayinlanishi hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash.

XTU krediti bo‘yicha qarzni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, komission va boshqa xarajatlar bo‘yicha to‘lovlar respublika budjetidan qoplanadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

Xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan respublikaga olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) hamda ular hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar) - QQSdan ozod etiladi.
Hujjat 2.07.2020 yildan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar