“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:00
ЎЗO‘Z

«Rahbar ishdan bo‘shaganda, bor aybni u o‘z zimmasiga olib ketaveradi. Ammo u bilan birga ishlaganlar chetda qolaveradi» – Toshkent viloyati hokimi

04 iyul, 12:18 2 771 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Rahbar ishdan bo‘shaganda, bor aybni u o‘z zimmasiga olib ketaveradi. Ammo u bilan birga ishlaganlar chetda qolaveradi» – Toshkent viloyati hokimi Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning ta’kidlashicha, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani har safar qaysidir rahbar ishdan bo‘shaganda, u bor aybni o‘z zimmasiga olib ketaveradi, u bilan birga ishlagan jamoa chetda qolaveradi. Hokimga ko‘ra bunday bo‘lishi to‘g‘ri emas. U bu fikrlarni 2 iyul kuni Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan viloyat hokimligi apparati ishchi-xodimlari ishtirokidagi yig‘ilishda bildirgan.

«Viloyat hokimligi apparati xodimlari – kichkina odam emas. U nihoyatda halol, vijdonli odam bo‘lishi kerak. 3 milliondan ko‘p aholi istiqomat qiladigan markaziy viloyatni mana shu idorada ishlaydigan boshqarishi, muhtaram Yurtboshimiz boshlab bergan islohotlar natijadorligini birgalikda ta’minlashimiz kerak.

Sizlar juda yaxshi bilasizlar – oxirgi besh yilda viloyatimizda bir necha marta rahbar o‘zgardi. Har safar qaysidir kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun qaysidir rahbar ishdan bo‘shaganda, bor aybni u o‘z zimmasiga olib ketaveradi, u bilan birga ishlagan jamoa chetda qolaveradi. Bunday bo‘lishi kerak emas.

Vaholanki, viloyatni boshqarishda, ishni tashkil etishda mana shu jamoa ham birgalikda ishlagan, shuning uchun ular ham o‘zini teppa-teng aybdor his qilishi, qilgan ishlari uchun javobgar bo‘lishi kerak-ku! Demoqchimanki, mas’uliyatni chuqur his qilib, bir yoqadan bosh chiqarib ishlashni yanada kuchaytirishimiz kerak
», deya Rustam Xolmatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Yig‘ilishda viloyat hokimi rahbarlik lavozimida, hokimlik strukturasida ishlab, korrupsiya botqog‘iga botib qolishdan kishi o‘zini nihoyatdan ehtiyot qilishi, oxir-oqibat o‘zi, yaqinlari boshiga balo keltirishdan saqlanishi lozimligi haqida gapirgan.

«Men tushunaman, sizlar bu yerda juda katta hajmdagi ishlarni bajarasiz, qattiq mehnat qilasiz. Lekin, joylarda sizning yaqinlaringiz, eng birinchi navbatda oila a’zolaringiz sizning nomingizni aytib, ayrim ishlarini tezroq, osonroq hal qilishga intilsa – jamiyatda notenglik yuzaga keladi, odamlarni xayrli maqsadlarimizga ishontira olmaymiz. Bu borada barcha ishchi-xodim o‘z yaqinlari, oila a’zolari bilan jiddiy suhbatlashib olishi kerak», deb aytgan Rustam Xolmatov.

Majlisda viloyat hokimligida ishlayotgan har bir xodim koronavirus pandemiyasi sharoitida yashash va ishlash bo‘yicha boshqa yurtdoshlarimizga o‘rnak, namuna bo‘lishi kerakligi, bunda belgilangan normalarga qat’iy rioya etilishi shartligi ta’kidlangan. Elektron hujjat aylanishi, ijro jarayoni ustidan to‘liq va sifatli nazorat o‘rnatishning joriy tartibini tanqidiy tahlil qilgan.

«Endilikda har bir xodim, kotibiyat mudiri, guruh rahbari viloyat hokimiga haftasiga bir marta faoliyat samaradorligi bo‘yicha hisob beradi. Bunda o‘sha xodimning jamoasida mehnatni tashkil etishga yondashuvi, ijrochilik salohiyati, o‘z sohasi bo‘yicha bilim va tafakkur tarzi viloyat hokimligi maqomiga muvofiqligiga e’tibor qaratiladi. Lozim ko‘rilsa, xizmat vazifasiga noloyiq xodimlar o‘z vazifasidan ozod etiladi.

Respublika, viloyat darajasidagi o‘ta muhim, xalqimiz hayotiga juda katta ijobiy ta’sir qiladigan, joylardagi ko‘plab muammolarga yechim bo‘ladigan hayotbaxsh hujjatlarning ijro jarayonini nazorat qilishda tizimli yondashuv bo‘lishi kerak
», deb aytgan viloyat hokimi.

Rustam Xolmatov tegishli mas’ularga hozirgi holatni tanqidiy o‘rganib chiqib, har bir normativ hujjat, yig‘ilish bayoni, ustxat (rahbarlarning ko‘rsatma, topshiriqlari) bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining kotibiyat mudirlari va guruh rahbarlarining shaxsiy javobgarligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan tizim joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, viloyat hokimligi ijro nazorati guruhi tomonidan 2020-yilning birinchi yarmida har bir kotibiyat va guruhlarning faoliyat samaradorligi, ijro intizomi bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘rganilib, reyting joriy qilish taklifi bildirildi. Qayd etilishicha, mazkur reyting natijalariga ko‘ra, tegishli xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar