“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:28
ЎЗO‘Z

Toshkentda yana bir bemor vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 29taga yetdi

04 iyul, 00:30 2 952 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda yana bir bemor vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 29taga yetdi Toshkentda saratondan davolanib kelayotgan 77 yoshli bemor ayol koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi. O‘zbekistonda kun davomida 2 nafar, epidemiya boshlangandan beri 29 nafar fuqaro Covid-19 asoratlaridan vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalingan va sarator kasalligidan davolanib kelgan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«Poytaxtimizda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol) Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bugun koronavirusdan ikki o‘lim holati qayd etildi. Kun davomida Toshkent shahrida koronavirusga chalinib, 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan 59 yoshli erkak olamdan o‘tgani xabar qilingandi.

Iyun oyi oxirida qatorasiga uch kun davomida (28-29-30 iyun kunlari) ikkitadan o‘lim qayd etilgandi.
Pandemiya davrida Toshkentda 15, Namanganda 4, Samarqandda, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar