“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 06:10
ЎЗO‘Z

Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

03 iyul, 17:19 2 974 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi Toshkent shahrida koronavirusga chalinib, 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan 59 yoshli erkak olamdan o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan va surunkali kasalliklardan davolanib kelgan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. joriy yil 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga «Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

Joriy yil 2 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

O‘zbekistonda so‘nggi marta 1 iyul kuni koronavirusdan o‘lim holati qayd etilgandi - Qashqadaryoda 64 yoshli erkak koronavirusning O‘zbekistondagi 27-qurboniga aylangandi.

Shu vaqtgacha Toshkentda 14, Namanganda 4, Samarqandda, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 223
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 73
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 149
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 56
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 42
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 491
  • Bo‘limlar