“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:37
ЎЗO‘Z

DXX korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi

03 iyul, 10:03 3 406 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan Prokuratura va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq bir nechta holatlarga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kapital qurilish bosh boshqarmasida ishlovchi mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan 1 gektar bo‘sh yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi va evaziga 1 mln. 400 ming AQSH dollari so‘raydi.

DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlarining shahar prokuraturasi va ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, qo‘lga olingan shaxs ushbu pul mablag‘larini Chilonzor tumani hokimligida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi rahbar xodimga berishi kerakligi ma’lum bo‘lgach, tezkor tadbir davom ettirilib, u ham 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, bunday noqonuniy holat Toshkent viloyatida ham qayd etildi. Xususan, Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni “Chinobod neft baza” mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX xodimlarining Prokuratura organlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida u kelishilgan puldan 10 ming AQSH dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotgan vaqtida ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, ayni vaqtda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish imtihonlari yaqinlashayotganligi bois, afsuski, bu sohada ham korrupsiya bilan bog‘liq holatlar qayd etilmoqda.

Jumladan, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand davlat universiteti xodimi 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi a’zosi bo‘lgan katta o‘qituvchi bilan birgalikda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6 ming AQSH dollari olayotgan vaqtlarida ushlandilar.

Shuningdek, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtiga ikki nafar fuqaroni davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, ularning har biri uchun 5 ming AQSH dollaridan pul so‘rab, avvaldan 2 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar