“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

Navbahor tumanida mahkumlar jazodan ozod qilindi

02 iyul, 21:09 2 419 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navbahor tumanida mahkumlar jazodan ozod qilindi Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida, “Sud binosiga kelgan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!” – deya ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda sudlar tomonidan, ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari va boshqa jazolarni o‘tayotgan, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilroq turdagi jazoga almashtirib, bu toifadagi ishlarni o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli ko‘rilayotgani ahamiyatli hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida 2020 yil 29 iyun kuni o‘tkazilgan sud majlisida, 4 nafar mahkumlarga nisbatan Navbahor tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mahkum J.K. o‘tab kelayotgan ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan muddati, axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib jazo yengillashtirildi, shuningdek, mahkum Sh.X. ozodlikdan cheklash, N.X. muayyan huquqdan mahrum qilish va T.M. axloq tuzatish ishlari jazolaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor
tuman sudining arxivariusi
Sh.To‘raqulov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar