“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:47
ЎЗO‘Z

Yakkabog‘da yer mojarosi vaqtida kelganlarni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan ayol yonib ketdi

02 iyul, 17:50 3 533 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakkabog‘da yer mojarosi vaqtida kelganlarni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan ayol yonib ketdi Yakkabog‘ tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 26 iyun kuni soat 10:00 larga yaqin Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga «Oqtosh» mahallasida yashovchi M.Abdiazizova kuyish tan jarohatlari bilan olib kelingan.

«Voqea tumanda maishiy xizmat shoxobchasi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan «Mohinabonu qizlari» xususiy korxonasini tashkil qilgan M.Abdiazizovaning noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq. U yon qo‘shnisi P.Qodirov va E.Pardayev bilan yer masalasida o‘zaro janjallashib kelgan.

M.Abdiazizovaga tegishli yer uchastkasi yonida 0.06 ga yer maydoni bo‘lib, tuman hokimining 2000 yil 15 dekabrdagi qaroriga asosan qo‘shnisi E.Pardayevga xususiy choyxona, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo do‘koni qurish uchun ajratilgan. U qurilish ishlarini joriy yilning 23 iyunidan boshlagan.

Ancha yillardan buyon bo‘sh turgan yer maydonini o‘zlashtirish maqsadida yurgan M.Abdiazizova qo‘shnisi E.Pardayev qurilish ishlarini boshlagach, janjal ko‘targan.

O‘zaro kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida joriy yilning 26 iyun kuni E.Pardayevning «Oqtosh» MFY raisiga qilgan murojaati asosida mahalla raisi Q.Kenjayev, «Yer-mulk kadastr» DK Yakkabog‘ tumani filiali mutaxassisi B.Xushmurodov va profilaktika inspektori M.Egamberdiyev nizoli yer uchastkasiga kelishib, ulardan yerga oid hujjatlarni so‘ragan. Shu payt M.Abdiazizova yashash uyi hovlisidan bakalajka solingan benzinni olib, ustiga sepgan. U qo‘lidagi gugurt donasini chaqishi bilan o‘zini alanga olgan. Unga yordam ko‘rsatilib, o‘chirib olingan», deyiladi axborot xizmati xabarida.

Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasida, M.Abdiazizovaning olgan tan jarohati tananing alangadan 96 foiz, III-IV darajali kuyish ko‘rinishida ekanligi ko‘rsatilgan. M.Abdiazizovaga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, 27 iyun kuni vafot etgan.

«Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

M.Abdiazizova bilan shifoxonada suhbatlashganlarning ma’lum qilishicha, u o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lmagan. Vafotidan oldin maqsadi, shunchaki yig‘ilganlarni qo‘rqitish bo‘lgani haqida gapirgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar