“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 03:21
ЎЗO‘Z

Jizzax shahriga kirish-chiqish qattiq nazoratga olindi

02 iyul, 15:33 2 717 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzax shahriga kirish-chiqish qattiq nazoratga olindi Jizzax shahar hokimining 2020 yil 1 iyuldagi №796-sonli qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi.
«Sangzor.uz» nashri xabariga ko‘ra, shahar hududidagi 4ta mahallada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan.

«Shu munosabat bilan 2 iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. «Qaliya», «Bunyodkor», «Zilol» va «Madaniyat» mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida viloyatning Sharof Rashidov tumanida yashagan ikki kishi koronavirus tufayli vafot etgandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidan boshqa barcha hududlari, jumladan, Jizzax shahri ham «yashil» hudud sifatida belgilandi. 29 iyun kuni Jizzax viloyatida 5ta yangi holat (shundan 4tasi aholi orasida) qayd etildi. Shundan so‘ng viloyatning Do‘stlik va G‘allaorol tumanlarida karantin choralari kuchaytirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 156
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar