“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:07
ЎЗO‘Z

Rasul Kusherbayev 200 va 500 so‘mlik banknotalarni muomaladan chiqarmaslikni taklif qildi

02 iyul, 10:41 3 749 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasul Kusherbayev 200 va 500 so‘mlik banknotalarni muomaladan chiqarmaslikni taklif qildi Xabaringiz bor, 200 va 500 so‘mlik banknotalar 1 iyuldan muomaladan chiqarildi. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevning qayd etishicha, bu holat noqulaylik tug‘dirgani haqida fuqarolardan ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.

«Ma’lumki, Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda 3014-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotalar shu yilning 1 iyulidan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotdi.

Biroq aholi tomonidan bo‘layotgan murojaatlarda 200 va 500 so‘mlik banknotalarni savdo va xizmat ko‘rsatishda qabul qilinmayotganligi ularga qiyinchilik tug‘dirayotganligi bildirilmoqda. Aholi o‘z e’tirozlarida xizmat yoki mehnat orqali ega bo‘lgan moddiy qiymatga ega mablag‘larining o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabab tufayli moddiy qiymatini yo‘qotganligi va to‘lov sifatida qabul qilinmayotganligidan norozi ekanliklarini bildirishmoqda. Bu ayniqsa, yetarli darajada ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lmagan, bank hamda yirik savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridan olis hududlarda kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan 1 iyul kuni Markaziy bank mutasaddilari bilan bog‘lanib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida 1997 yil namunasidagi 200 va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotalarni muomaladan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketishi uchun uning qonuniy to‘lov vositasi sifatida qo‘yilgan kuchini yo‘qotish muddatini bekor qilish va muomala vaqtini muddatsiz etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish haqida taklif kiritildi.

Bu haqida Markaziy bank raisi M.B.Nurmuratovga deputat nomidan tegishli so‘rov xati yubordim.
Umid qilamizki, Markaziy bank ko‘plab saylovchilarni bezovta qilayotgan masalani ijobiy hal etadi», deb yozadi deputat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar