“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:11
ЎЗO‘Z

O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadilar

01 iyul, 21:15 3 140 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadilar O‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor fuqarolarga munosib sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizda yangi tizim joriy etildi. Endilikda hunarmandchilik, ustachilik, zargarlik, novvoylik, duradgorlik, sartaroshlik kabi o‘zini o‘zi band qilgan 67 dan ziyod kasb egalari faoliyatga huquqiy baho berilib, daromad solig‘idan ozod qilinadigan bo‘ldilar.

Mazkur fuqarolarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha 2020 yil 1 iyuldan ilg‘or xorijiy tajriba asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan SOLIQ mobil ishlab chiqildi. Ushbu mobil ilova orqali ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish, daromad va xarajatlar hisobini yuritish, ko‘rsatilgan xizmatlarni reklama qilish imkoniyatlari mavjud.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’iy nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi ya’ni 111500 so‘m miqdorida amalga oshiradilar.

- Men bugun birinchilardan bo‘lib, SOLIQ mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdim,-deydi Ohangaron shahri Muqimiy ko‘chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi Dilafro‘z Nuriddinova. Sartaroshlik sohasida 12 yillik tajribam bo‘lsada, mehnat faoliyatim hech qayerda qonuniy qayd etilmagan edi. Endilikda ish stajim mehnat daftarchasiga yoziladi, bu esa pensiya yoshiga yetganimda nafaqa tayinlash uchun talab qilinadigan mehnat staji yo‘qligi muammosini bartaraf etadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan biz hunarmandlarga yaratilgan bu kabi imkoniyatlardan nihotda mamnunman. Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, kamida 4 ta xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qildim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida qilinayotgan bu kabi ezgu ishlar mamlakat iqtisodiyotda o‘sishi va albatta aholi farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 130
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar