“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

«Mersedeslar»ni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi

30 iyun, 23:09 3 591 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mersedeslar»ni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi Bir holatda benzin va gazda yuradigan avtomobilni dizelda harakatlanuvchi mashina sifatida, ikkinchi holatda esa 6 o‘rindiqqa ega «Mersedes»ni 8 o‘rindiqli deb ko‘rsatib, yuzlab million imtiyoz olishga bo‘lgan urinishlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan «Qo‘qon» TIF bojxona postida fuqaro D.K. tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida yurtimizga 171 million so‘mlik imtiyoz asosida olib kirilayotgan «Mersedes Benz Sprinter» yuk avtoulovi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida avtoulov hujjatlarda ko‘rsatilganidek dizelda emas, balki benzin va gazda yurishi aniqlandi.

Natijada umumiy qiymati 193,3 million so‘mlik avtomashina vaqtincha saqlovga olindi.

Yana bir holatda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan yurtimizga «Vodiy» TIF bojxona posti orqali 576,59 million so‘m imtiyoz asosida fuqaro I.A. tomonidan olib kirilgan «Mersedes Benz Viano» avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda mutaxassislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina hujjatlarda qayd etilganidek 8 o‘rindiqqa ega emasligi, aslida 6 o‘rindiqqa ega mazkur miniven qo‘llanilgan imtiyoz shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi va umumiy qiymati 122 million so‘mlik avtomashina vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiurv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar