“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:35
ЎЗO‘Z

Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma’lum qildi

30 iyun, 14:42 3 880 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma’lum qildi Foto: newlife.ru
Lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi COVID-19 kasalligini davolashda foydasiz. Bu haqda Britaniyaning RECOVERY klinik tadqiqoti rahbarlarining bayonotida ma’lum qilindi.

Lopinavir va ritonavir ko‘pincha immunitet tanqisligi virusini (OIV) davolashda qo‘llaniladi. Biroq tadqiqotchilar bunday dori COVID-19’ga chalingan bemorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi.

Bunday holda lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi og‘ir ahvoldagi bemorlarda sinovdan o‘tkazilmagan. Chunki bu dorini sun’iy nafas oldirish moslamalariga ulangan bemorlarga berish qiyinchilik tug‘diradi.

RECOVERY tadqiqoti mart oyidan beri o‘tkazilmoqda va unda 11,5 ming bemor ishtirok etmoqda. Tadqiqot koronavirus infeksiyasini davolashda turli dorilarning samaradorligini o‘rganadi.

Yanvar oyi oxirida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga «Kaletra» (lopinavir + ritonavirning xalqaro patentlanmagan nomi) dorisini kiritdi. Aprel oyida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, koronavirus fonida dorixonalarda ushbu OIVga qarshi dori-darmonlarga talab 15 baravar oshdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oddiy odamlar qo‘lida dori foydasiz yoki hatto zararli bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQSHda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topilgan edi. Yevropa esa remdesivir dori vositasini koronavirusga qarshi davolashda sotuvga chiqargani ma’lum qilindi.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni «ilmiy yutuq» deb atadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 0
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar