“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:58
ЎЗO‘Z

Nukus, Buxoro va Piskentda o‘qishga "kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan"lar qo‘lga olindi

30 iyun, 11:40 2 810 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nukus, Buxoro va Piskentda o‘qishga "kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan"lar qo‘lga olindi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning joylardagi boshqarma va bo‘limlari (boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda) tomonidan fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar fosh etilmoqda.

Xususan, Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.S. xizmat mavqeidan foydalangan holda T.ni tanishlari orqali mazkur oliygohga kiritib qo‘yish evaziga 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Buxoro muhandislik texnologiya instituti dekan o‘rinbosari M.A.ning qismati ham shunday bo‘ldi. U Toshkent Davlat irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro O.ni Moskva Davlat Radio elektronika va radio texnika institutiga o‘qishga kirishi uchun onlayn tarzda bo‘ladigan test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari talab qilib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Piskent tumanidagi maktab o‘qituvchisi X. esa fuqaro Sh.ni tanishlari orqali Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limiga joylamoqchi edi. Shu xizmati evaziga 3 500 AQSH dollari va 3,8 mln so‘m oldi-yu biroq cho‘ntagiga solishga ulgurmadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, qayd etilgan holatlar bo‘yicha firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 169
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 78
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar