“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:54
ЎЗO‘Z

Jizzaxda yigit cho‘pon qizning otasi va ukasini urib, tan jarohati yetkazdi

30 iyun, 10:56 2 683 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda yigit cho‘pon qizning otasi va ukasini urib, tan jarohati yetkazdi 2020 yil 24 iyun kuni soat taxminan 17:00da 29 yoshli B.U. mast holatda Captiva rusumli avtomashinasida Jizzax shahar Shodlik MFY Obod ko‘chasiga borib “N” ismli qiz bilan suhbatlashayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u shu vaqtda bu yerda voyaga yetmagan 14 yoshli M.T. (qiz) va boshqa fuqarolarning chorva boqayotganligini ko‘rib, ularni bu yerdan ketkazish maqsadida kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan.

So‘ng, o‘zaro gap talashib, janjallashishi davomida B.U. hech bir sababsiz, bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan, voyaga yetmagan M.T.ning otasi L.B. va ukasi B.B.ning yuz va bosh sohasiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada fuqaro L.B. va B.B. olgan tan jarohatlari bilan RSHTIYOMning Jizzax filiali tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan fuqaro B.U.ga nisbatan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida B.U., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar