“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:09
ЎЗO‘Z

Bugun 167 bemorga javob berildi, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 5500ga yaqinlashdi

29 iyun, 21:02 2 233 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun 167 bemorga javob berildi, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 5500ga yaqinlashdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Buxoro va Samarqandda yana 70 kishi koronavirus infeksiyasidan tuzalib chiqqani va shu vaqtgacha sog‘ayganlar soni 5496 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 19 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 3234 nafar bemor sog‘aygan.
Buxoro viloyatida Covid-19’dan tuzalganlarning soni 490 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 281 nafarni tashkil qilmoqda.
Samarqand viloyatida esa jami 393 nafar inson kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Bundan avvalroq kun davomida Toshkent va Surxondaryodagi tibbiyot muassasalarida jami 97 bemor sog‘aygani haqida xabar berilgandi.
Shu tariqa, bugun O‘zbekistonda jami 167 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 5496 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2680 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha rekord natija 27 iyun kuni qayd etilgan, o‘sha kuni jami 202 bemorga javob berilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar