“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:15
ЎЗO‘Z

Alimentdan 34 mln. so‘m qarzdorligi bo‘lgan otaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

26 iyun, 19:30 2 707 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alimentdan 34 mln. so‘m qarzdorligi bo‘lgan otaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo 08.06.2019 yildagi qaroriga asosan, qarzdor S.Saidovdan undiruvchi D.Saidova foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘limga 16.06.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni qo‘zg‘atilgan. Qarzdorga bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan barcha huquq va majburiyattlari tushuntirilib, aliment to‘lamagan taqdirda javobgarlik yuzasidan ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganilgan, qarzdor nomida hech qanday mol-mulklar rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan. 22.06.2020 yildagi davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi qaroriga asosan qarzdorning aliment qarzi 1 yil davomida 34 mln. 267 ming so‘mni tashkil qilgan.

Alimentchi ota aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida qarzdorga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi. Joriy yilning 23 iyun kuni Yashnobod tuman ma’muriy sudining qaroriga asosan qarzdor S.Saidovga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan ogohlantirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar