“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:44
ЎЗO‘Z

Jizzaxda sinfdoshlarning o‘zaro tortishuvi o‘lim bilan tugadi

25 iyun, 08:43 2 553 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda sinfdoshlarning o‘zaro tortishuvi o‘lim bilan tugadi 2020 yil 20 iyun kuni 28 yoshli S.E. sinfdoshining fotiha to‘yini o‘rtoqlari bilan birgalikda Jizzax shahridagi choyxonalarning birida nishonlab, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular soat 23:00da mast holatda choyxonadan chiqib uylariga tarqalishayotgan vaqtida, S.E. sinfdoshi, 29 yoshli O.B. bilan o‘zaro tortishib qolib, uning bosh qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazib, 2020 yil 21 iyun kuni soat 01:00da uni yashash xonadoniga tashlab ketganligi oqibatida O.B. olgan tan jarohatlari bilan yashash xonadonida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, “marhum O.B.ning o‘limiga bosh miyaning shishib ketishi, bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi va yopiq miya jarohatlari sabab bo‘lgan”ligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.E. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar