“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:51
ЎЗO‘Z

Kattaqo‘rg‘on shahriga kuchli shamol yopirildi: ko‘plab binolar talafot ko‘rgan (foto)

24 iyun, 08:12 3 034 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kattaqo‘rg‘on shahriga kuchli shamol yopirildi: ko‘plab binolar talafot ko‘rgan (foto) Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
23 iyun kuni soat 17:00 atrofida Kattaqo‘rg‘on shahrida kuchli shamol yopirilgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shamol oqibatida shahardagi 6ta tashkilot va korxonaga tegishli ob’ektlarning, shuningdek, 6ta ko‘p qavatli binolarning tom qismi shikastlangan.

Aholi orasida tabiiy ofatdan jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Ayrim hududlarda daraxtlar ham qo‘porilib, avtomobil yo‘liga qulagan. Shuningdek, bir necha simyog‘ochlar qulab, elektr ta’minoti ishdan chiqqani sababli shaharning ayrim hududlarida elektr energiyasi va suv ta’minoti uzilgan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun uchta favqulodda vaziyatlar bo‘limi ekipaji yetib kelgan. Bir necha soat o‘tib, elektr energiyasi ta’minoti tiklangan. Ichimlik suvi ta’minoti esa 24 iyun kuni ertalabdan tiklanishi e’lon qilingan.

Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi

Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Talafot ko‘lamini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida ishchi guruh zararlangan ob’ektlarga yetib borgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 1
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 1
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 8
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 87
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar