“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:48
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinni o‘z hisobidan mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ldi

22 iyun, 22:17 2 347 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinni o‘z hisobidan mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ldi Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning xohishiga ko‘ra, 14 kunlik karantin nazorati davri haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berildi. Bu haqda «Koronavirus info» kanali ma’lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra, 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada o‘tkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda o‘tkazishning vaqtinchalik tartibiga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiya qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan «qizil» hududlarda blokpostlar qayta o‘rnatilishi belgilandi.

Avvalroq Toshkent viloyatidagi «O‘rtasaroy» karantin markazida 42 yoshli asli farg‘onalik fuqaro 20 iyun kuni o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Ushbu fuqaro o‘zini kasallikka chalingan deb gumon qilgan va boshqalarga kasalini yuqtirib qo‘yishdan xavfsiragan. O‘limidan so‘ng uning tahlil natijalarida koronavirus aniqlanmadi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar